Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Chirchiq davlat pedagogika universiteti kirish ballari 2023

 Chirchiq davlat pedagogika universiteti haqida umumiy ma'lumot:

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti (ChDPU, shuningdek, Chirchiq davlat pedagogika universiteti) — Toshkent viloyati Chirchiq shahrida joylashgan, pedagogika yoʻnalishi boʻyicha taʼlim beruvchi universitet.

Universitet Oʻzbekiston Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3152 sonli Qaroriga asosan maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari taʼlim muassasalarining tarbiyachilar, boshlangʻich sinf ayniqsa aniq fanlar va chet tillari boʻyicha oʻqituvchilarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish, tumanlar va qishloq joylaridagi taʼlim muassasalarini yuqori malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash hamda xalqaro standartlar darajasiga mos oliy maʼIumotli pedagog kadrlar tayyorlash tizimini joylarda tashkil etishni yanada takomillashtirish va taʼlim sifatini yaxshilash maqsadida tashkil etildi.

Taʼlim jarayoni Oʻzbekiston hukumati tomonidan belgilangan ikki turda tashkil etilgan: universitetda oʻqishning birinchi turi kontrakt asosida boʻlishi belgilangan. Barcha oʻquv yigʻimlari Oʻzbekiston hukumati standartlari bilan belgilangan boʻlib, universitetda shartnoma asosida tahsil olayotgan har bir talaba toʻlov-shartnomani oʻz vaqtida toʻlashi lozim. Chirchiq davlat pedagogika universitetida oʻqishning ikkinchi turi grant asosida boʻlishi belgilangan. ChDPUda oʻqish muddati bakalavr darajasini olish uchun 4 yil, magistratura uchun 2 yil etib belgilangan. Oʻquv dasturlari va darsliklar talabalar uchun Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim standartlariga asosan ishlab chiqilgan boʻlib, oʻquv jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan nazorat qilinadi. Universitetning administrativ qismi Oʻzbekistonning boshqa milliy universitet va institutlari bilan bir xil. Universitet rahbari rektor hisoblanib, universitetda 4ta prorektor faoliyat koʻrsatadi. Barcha fakultetlar dekanlar tomonidan, kafedralar esa mos ravishda professor-oʻqituvchilar tomonidan nazorat qilinadi.

 Chirchiq davlat pedagogika universiteti fakultetlari:

Universitet quyidagi 10ta fakultetdan tashkil topgan:

  1. Matematika va informatika fakulteti
  2. Fizika va kimyo fakulteti
  3. Tabiiy fanlar fakulteti
  4. Gumanitar fanlar fakulteti
  5. Pedagogika fakulteti
  6. Maktabgacha taʼlim fakulteti
  7. Boshlangʻich taʼlim fakulteti
  8. Turizm fakulteti
  9. Sport va chaqiriqqacha harbiy taʼlim fakulteti
  10. Sanʼatshunoslik fakulteti

Ta'lim yo'nalishlari, qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Biologiya

60110900 / Biologiya / Kimyo

50
-
50
-
114.5

Boshlang‘ich ta’lim

60110500 / Ona tili va adabiyoti / Matematika

75
-
75
-
106.9

Fizika va astronomiya

60110700 / Fizika / Matematika

50
-
50
-
64.2

Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari

60111000 / Geografiya / Matematika

50
-
50
-
66.2

Kimyo

60110800 / Kimyo / Matematika

50
-
50
-
61.3

Maktabgacha ta’lim

60110200 / Biologiya / Ona tili va adabiyoti

50
-
50
-
83.2

Maktabgacha va boshlang‘ich ta'limda jismoniy tarbiya va sport

60111900 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon

50
-
50
-
86.5

Matematika va informatika

60110600 / Matematika / Fizika

50
-
50
-
85.5

Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi

60111200 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon

50
-
50
-
79.6

Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili

60111802 / Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti

75
-
75
-
129.9