Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Toshkent tibbiyot akademiyasi kirish ballari 2023

Toshkent tibbiyot akademiyasi haqida umumiy ma'lumot:

Toshkent tibbiyot akademiyasi tarixi uzoq 1935 yildan boshlanib, Toshkent shahrida O‘rta Osiyo universiteti negizida tibbiy fakultet tashkil etilgan bo‘lib, oliy maʼlumotli davolovchi shifokorlar, farmatsevtlar, gigiyena mutaxassislarini tayyorlagan.

1990 yillarda Toshkent tibbiyot institutining bir necha binolari negizida 2 ta tibbiyot oliygoxlari: Birinchi Toshkent Davlat Tibbiyot va Ikkinchi Davlat Tibbiyot institutlari tashkil topgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 29-iyul sanasidagi 178-sonli qarori bilan bekor qilingan Birinchi va Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot institutlari negizida Toshkent tibbiyot akademiyasi 2005-yil 19-iyul sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent tibbiyot akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida” gi 3629-sonli Farmoni asosida tashkil etilgan.

Toshkent tibbiyot akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan 2008-yilning 31-mart sanasida berilgan 18-sonli sertifikatiga asosan oliy taʼlim muassasi maqomiga ega bo‘lgan.

TTAda 6 fakultet, 50 ta ijtimoiy-gumanitar, tibbiy-biologik va klinik yo‘nalishdagi kafedralar va markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriya faoliyat yuritadi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi fakultetlari:

  • Davolash fakulteti, 
  • Tibbiy-pedagogika fakulteti,
  • Tibbiy-profilaktika fakulteti,
  • Oliy ma’lumotli hamshiralar fakulteti,
  • Malaka oshirish fakulteti,
  • Harbiy-tibbiy fakultet
  • Xalqaro fakultet

Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalar turar joyi: 

Toshkent tibbiyot akademiyasi TTJ lari jami 3300 o‘ringa mo‘ljallangan 7 ta talabalar turar joyi mavjud bo‘lib, hozirgi kunda 2784 nafar talaba yashaydi. Talabalar turar joyi TTA maʼmuriyati, TTJ direksiyasi tomonidan “ Talabalar turar joyi” Nizomi, TK rejasi asosida boshqariladi.

 Talabalar turar joyi hududiga kirish qismida turar joylar hududiga begona shaxslarni kirishini oldini olish, xavfsizlikni taʼminlash maqsadida turniket o‘rnatilgan. Talabalarni TTJ hududiga turniket orqali kirib chiqishi harbiylashtirilgan qo’riqlash xizmati xodimlari nazoratga olingan. Talabalar turar joylariga tuman IIB tomonidan alohida hudud nozirlari ajratilgan. Talabalar turar joylarida talabalarning yashashi, bilim olishi, darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Har bir turar joyda dam olish xonasi (zamonaviy televizor, yumshoq mebellar bilan jihozlangan), maʼnaviyat xonasi, oshxona, kompyuter xonasi (internet materiallaridan foydalanishi uchun), kutubxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Barcha talabalar turar joyi binosi va hududida Wi-Fi zonalari tashkil etilgan. Bundan tashqari TTJlarda rassomchilik, tikuvchilik, saʼnat, kompyuter savodxonligi, chet tili to‘garaklari faoliyat yuritmoqda. 

Ta'lim yo'nalishlari, qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Davolash ishi

60910200 / Biologiya / Kimyo

54
24
30
170.8
151

Davolash ishi-Namangan shahri

6091020038 / Biologiya / Kimyo

1
1
-
157.1
-

Davolash ishi-Nukus shahri

6091020031 / Biologiya / Kimyo

1
1
-
186.8
-

Davolash ishi-Qarshi shahri

6091020048 / Biologiya / Kimyo

1
1
-
181.4
-

Davolash ishi-Toshkent shahri

6091020014 / Biologiya / Kimyo

3
3
-
175.1
-

Farmatsiya (turlari bo‘yicha)

60910700 / Kimyo / Biologiya

15
5
10
89.5
76.7

Menejment : sog'liqni saqlash menejmenti

60411209 / Matematika / Chet tili

15
-
15
-
103.2

Oliy hamshiralik ishi

60911200 / Biologiya / Kimyo

15
5
10
99.6
77.8

Pediatriya ishi

60910300 / Biologiya / Kimyo

30
15
15
142.9
130

Stomatologiya (yo‘nalishlar bo‘yicha)

60910100 / Biologiya / Kimyo

15
5
10
154
140.4

Tibbiy profilaktika ishi

60910400 / Kimyo / Biologiya

30
15
15
83.2
74.7

Tibbiy-biologik ish

60910600 / Kimyo / Biologiya

15
5
10
106.1
84.3