Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Toshkent kimyo-texnologiya instituti kirish ballari 2023

Toshkent kimyo-texnologiya instituti haqida umumiy ma'lumot:

Toshkent kimyo-texnologiya instituti 1991-yil 6-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tashkil etilgan. TKTI respublikada oliy texnik ta’lim darajasini oshirish, muhandislik va ilmiy kadrlar tayyorlashni takomillashtirish maqsadida 1929 yildan beri faoliyat yuritayotgan sobiq Toshkent politexnika institutining bir necha fakultetlari negizida tashkil etilgan. Institut o‘z faoliyati davomida mamlakatimiz kimyo, neft-gaz, oziq-ovqat, qurilish sanoati va iqtisodiyotining boshqa tarmoqlari uchun 10 mingdan ortiq yuqori malakali muhandis-texnologlar tayyorladi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oʻzbekistondagi yetakchi kimyo-texnologiya oliy oʻquv yurtiboʻlib, oʻquv, ilmiy-tadqiqot, pedagogik va tarbiyaviy faoliyatni amalga oshiradi. Institut tuzilmasigaToshkent shahridagi Bosh kampus, Shahrisabz va Yangiyerdagi filiallar kiradi. Toshkent shahridagiBosh kampusda 5 ta fakultet, 24 ta kafedra, 6 ta ishlab chiqarish oʻquv markazlari va 12 ta ilmiylaboratoriyalar mavjud.

Institut to'rt yillik bakalavriat dasturlari, ikki yillik magistrlik dasturlari va fan doktori (PhD va DSc) dasturlari bo‘yicha akkreditatsiyadan o'tgan. Jami 29 ta bakalavriat dasturlari; 30 ta magistratura mutaxassisligi, 16 ta doktorantura; hamda halqaro dasturlar - 5 ta ikki tomonlama diplom berish bakalavriat dasturlari; 7 ta ikki tomonlama diplom magistratura dasturi, 1 ta qo‘shma doktorantura dasturi (“Cotutelle dasturi”) bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. Institutda kunduzgi va sirtqi ta’lim turlarida 7800 nafar bakalavriat, 445 nafar magistratura va 139 nafar doktorantura talabalari taxsil oladi. TKTI da 400 dan ortiq professor-o‘qituvchilar mehnat faoliyatini yuritadi, ulardan 5 nafari O‘zbekiston Respublikasi va Xalqaro Fanlar Akademiyalarining akademiklari va muxbir a’zolari, 266 nafari fan doktorlari va nomzodlari, falsafa doktorlari hisoblanadi. Institutda Yevropa Ittifoqi, AQSh, Yaponiya, Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, Janubiy Koreya va b. davlatlar etakchi universitetlaridan taklif etilgan xorijiy professor-o‘qituvchilar tomonidan muntazam ravishda o‘quv seminarlari va ma’ruzalar tashkil etiladi. Bundan tashqari, Toshkent kimyo-texnologiya institutida Oʻqituvchilarni malaka oshirish va qayta tayyorlash tarmoq markazi va ilmiy darajalar berish boʻyicha ikkita ixtisoslashtirilgan ilmiy kengash, “Asfalt-beton texnologiyasini modifikatsiyalash boʻyicha Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma ilmiytadqiqot laboratoriyasi”, “Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil laboratoriyasi” faoliyat koʻrsatmoqda.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti fakultetlari:

Yoqilgʻi va organik birikmalar ishlab chiqarish texnologiyalari fakulteti

  • Fizika va energetika;
  • Sellyuloza va yog`ochsozlik texnologiyasi;
  • Neftni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi;
  • Gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi;
  • Asosiy organik sintez texnologiyasi;
  • Harbiy boʻlim

Kimyoviy moddalar texnologiyasi fakulteti

  • Noorganik moddalarning kimyoviy texnologiyasi;
  • Yuqori molekulali birikmalar va plastmassalar texnologiyasi;
  • Umumiy kimyo;
  • Kimyoviy texnologiya jarayonlari va qurilmalari;
  • Texnologik mashina va jihozlar;
  • Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi.

Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti;

  • Oziq-ovqat xavfsizligi va funksional mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi;
  • Informatika, avtomatlashtirish va boshqaruv;
  • Muhandislik grafikasi va mexanika asoslari;
  • Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi

Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakulteti;

  • Enologiya va bijg'ish mahsulotlari texnologiyasi;
  • Biotexnologiya;
  • Sanoat ekologiyasi.

Menejment va kasb-hunar taʼlimi fakulteti

  • O'zbek tili va professional ta’lim;
  • Sаnоаt iqtisоdiyoti vа mеnеjmеnti;
  • Oliy matematika;
  • Sifat menejmenti va mahsulotlar xavfsizligi;
  • Xorijiy tillar;
  • Ijtimoiy-siyosiy fanlar

Ta'lim yo'nalishlari, qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)

60710101 / Kimyo / Matematika

25
5
20
70
56.7

Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)

60720100 / Kimyo / Biologiya

25
5
20
75.4
66.1

Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo‘yicha)

60720705 / Matematika / Fizika

25
5
20
73.9
59