Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti kirish ballari 2024

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti haqida umumiy ma'lumot:

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 1923-yilda Turkiston Davlat Universiteti Texnika fakultetining Gidrotexnika bo’limi Melioratsiya muxandisligi fakultetining tuzilishidan boshlangan. 1929-yili Melioratsiya muhandisligi fakulteti negizida mexanika qurilishi va suv xo’jaligi fakultetlari ochilib O’rta Osiyo paxtachilik irrigatsiya politexnika instituti tashkil etildi.

2004-yil 30-martda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarori bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mehanizatsiyalash injinerlari instituti Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutiga aylantirildi.

Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-3003- sonli qaroriga binoan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga aylantirildi.

O‘zbekiston Prezidentining 2021 yil 10-dekabrdagi  “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun innovatsiyalar va raqamlashtirishga asoslangan muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-42 sonli Qarori bilan institut “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetiga aylantirildi.

Fakultetlar va yo'nalishlar;

Respublikada qishloq va suv ho’jaligi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash dolzarb masala hisoblanadi. Hozirda universitetda 12300 dan ortiq talaba 40 ta’lim yo’nalishi, 32 magistratura mutahasisliklari bo’yicha 7 ta fakultetda ta’lim olib kelmoqdalar. Universitetda ularga 35 ta kafedrada 410 nafar malakali professor o’qituvchilar ta’lim berishib, ularning 70 nafari fan doktori, professorlar, 195 nafari fan nomzodi, PhD, dotsentlardir.

Universitet zamon talablariga javob beradigan beshta o’quv, uchta o’quv laboratoriya binolari, zamonaviy o’quv ilmiy markazlar, umumiy fondi 700 ming o’ringa yaqin ahborat resurs markazi 2400 o’rinli 3 ta talabalar uyi, 460 o’rinli talabalar oshxonasi va istirohat bog’iga ega. Universitet jamoasining asosiy e'tibori ta’lim to’g’risidagi qonun va kadrlar tayorlash milliy dasturining vazifalaridan kelib chiqib bozor iqtisodiyoti sharoitida suv ho’jaligi uchun yuqori malakali mutahassislarni tayyorlashga qaratilgan.

FAKULTETLAR RO'YXATI:

  • Gidrotexnika qurilishi

  • Ekologiya va huquq fakulteti

  • Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash

  • Energetika fakulteti

  • Yer resurslari va kadastr fakulteti

  • Iqtisodiyot fakulteti

  • Gidromelioratsiya

Talabalar turar joylari:

Talabalar turar joyi respublikaning uzoq viloyat va shaharlaridan kelib universitetda tahsil olayotgan talaba va magistrantlarini o`qish vaqtida turar joylari bilan ta’minlashga mo`ljallangan. Hozirgi kunda universitetda to`rtta to`qqiz qavatli talabalar turar joyi, bitta uch qavatli talabalar turar joyi va ikkita yosh olimlar va tadqiqotchilar uyiga ega. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti tarkibida rivojlangan infra tuzilmaga ega bo`lgan  mustaqil ish yurituvchi talabalar turar joylari mavjud.

Talabalarni talabalar turar joyiga joylashtirish uchun ttj.tiiame.uz platformasi yaratilgan bo`lib u orqali talabalar turar joyga joylashish uchun onlayn ariza topshiriladi hamda ularning arizalariga asosan ularga xona ajratiladi.

Talabalar turar joyidagi talabalarning taklif va murojaatlarini o`rganish maqsadida @ttj_tiiame_bot telegram boti faoliyati yo`lga qo`yilgan.

Ta'lim yo'nalishlari, qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Buxgalteriya hisobi

60410200 / Matematika / Chet tili

-
-
-
167.8
112.7

Dasturiy injiniring

60610400 / Matematika / Chet tili

-
-
-
113.3
56.9

Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi

60520200 / Matematika / Geografiya

-
-
-
78.9
57.3

Energetika muhandisligi

60710400

-
-
-
91.4
57.7

Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tili

60230107 / Qozoq tili va adabiyoti / Chet tili

-
-
-
182.5
146.3

Geodeziya va geoinformatika

60721500

-
-
-
71.9
67.7

Gidroenergetika

60710600

-
-
-
88.6
57.8

Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish

60811300 / Kimyo / Biologiya

-
-
-
70.6
56.7

Gidrotexnika va geotexnika muhandisligi

60730600

-
-
-
68.8
56.7

Iqtisodiyot

60410100

-
-
-
166.9
121

Mexatronika va robototexnika

60711000

-
-
-
76.2
56.7

Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish

60810100 / Matematika / Fizika

-
-
-
74
57.4

Suv xoʻjaligi va melioratsiya

60811200 / Biologiya / Kimyo

-
-
-
69.6
58.6

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish

60710900 / Matematika / Fizika

-
-
-
69.8
62.4

Turizm va mehmondoʻstlik

61010100 / Matematika / Chet tili

-
-
-
141.2
111.4

Yer kadastri va yer tuzish

60811600 / Kimyo / Biologiya

-
-
-
85.5
56.8

Yurisprudensiya

60420100 / Huquq / Chet tili

-
-
-
176.4
142.6