Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti kirish ballari 2023

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti haqida umumiy ma'lumot:

1918-yil noyabr oyida Toshkentda Turkiston Sharqshunoslik instituti tashkil etildi. Bu institut O‘rta Osiyoda yagona ilk sharqshunoslik oliy o‘quv yurti bo‘lib, qo‘shni mamlakatlar uchun ham sharqshunoslik fanining turli sohalari bo‘yicha malakali mutaxassislar yetishtirib bera boshladi.

1990-yilda sharq fakulteti negizida Toshkent Davlat universiteti qoshida Sharqshunoslnk instituti tashkil qilindi. 1991-yil 15-iyulda esa bu institut O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga aylantirildi.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti fakultetlari:

Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti 

  • Arab filologiyasi kafedrasi
  • Eron-afg‘on filologiyasi kafedrasi
  • Janubiy va Janubiy Sharqiy Osiyo tillari kafedrasi
  • Urdu tili, adabiyoti, Pokiston madaniyati va tarixi
  • Mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik kafedrasi
  • Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika kafedrasi
  • Sharq mamlakatlari adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi
  • Nazariy va amaliy tilshunoslik

Sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti 

  • Sharq mamlakatlari tarixi va antropologiyasi kafedrasi
  • Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va etnologiyasi kafedrasi
  • Sharq falsafasi va madaniyati kafedrasi
  • Pedagogika va psixologiya kafedrasi
  • Manbashunoslik va tasavvuf germenevtikasi kafedrasi

Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm fakulteti 

  • Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti kafedrasi
  • Sharq mamlakatlari siyosati va xalqaro munosabatlar kafedrasi
  • Tashqi iqtisodiy faoliyat va turizm kafedrasi
  • Matematika va umumiqtisodiy fanlar kafedrasi

Xitoyshunoslik fakulteti 

  • Xitoy filologiyasi kafedrasi
  • Xitoy tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti kafedrasi

Koreyashunoslik fakulteti 

  • Koreys filologiyasi kafedrasi
  • Koreya tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti kafedrasi

Yaponshunoslik fakulteti 

  • Yapon filologiyasi kafedrasi
  • Yaponiya tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti kafedrasi

Turkshunoslik fakulteti

  • Turk filologiyasi kafedrasi
  • Turkiy xalqlar tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti kafedrasi
  • O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi
  • G‘arb tillari kafedrasi

Universitet maqomining berilishi

2020-yilda Oʻzbekiston sharqshunosligi sohasida unutilmas yil boʻldi, chunki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev "Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi[14] qarorga imzo chekdi. Qaror bilan Toshkent davlat sharqshunoslik instituti negizida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tashkil etildi.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti yotoqxonasi:

Universitetning talabalar turar joyida jami 290 ta talaba-yoshlar yashab kelmoqda. Shundan qiz talabalar 140 nafar va o’g’il bola talabalar 150 nafarni tashkil qiladi. TTJ da talabalar bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari uchun sport zali, kutubxona doim faoliyat yuritadi.

Adres: Toshkent shahar, Mirzo Ulug’bek tumani, Ziyolilar 33.

Tel.: 71 2623114

Ushbu video orqali Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining fakultetlar va yo'nalishlar ro'yxati, kirish ballari, qabul kvotalari haqida batafsil yoritib berishga harakat qildik. Videoni tomosha qiling va o'zingiz uchun ko'plab ma'lumotlarga ega bo'ling.

Ta'lim yo'nalishlari, qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Falsafa (sharq falsafasi va madaniyati)

60220503 / Tarix / Ona tili va adabiyoti

25
-
25
-
74.7

Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha)

60411900 / Matematika / Chet tili

25
-
25
-
101

Tarix: Hindiston tarixi

60220308 / Tarix / Geografiya

10
-
10
-
114.1

Tarix: Markaziy Osiyo xalqlari tarixi

60220305 / Tarix / Geografiya

30
-
30
-
122.7

Tarix: Pokiston tarixi

60220306 / Tarix / Geografiya

10
-
10
-
111.3

Tarix: Turkiya tarixi

60220307 / Tarix / Geografiya

10
-
10
-
130.3

Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha )

61010403 / Tarix / Chet tili

25
-
25
-
139.4

Xalqaro munosabatlar

60310800 / Tarix / Chet tili

25
-
25
-
160.5

Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Xitoy

60411805 / Matematika / Chet tili

12
-
12
-
75.4

Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: arab mamlakatlari

60411801 / Matematika / Chet tili

13
-
13
-
87.8