Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti kirish ballari 2024

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti haqida umumiy ma'lumot:

Universitet Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi Farmoniga koʻra, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetning Oʻzbek filologiyasi va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Oʻzbek tili va adabiyoti fakultetlari bazasida tashkil qilingan hamda ushbu fakultetlar tarixini oʻzining faxr-iftixor manbasi sifatida qadrlaydi.

1918-yilda Oʻrta Osiyo davlat universiteti Adabiyot va falsafa fakulteti ochilgan. Ushbu fakultet hozirgi kunda bir nechta mustaqil universitetlar uchun ham asos boʻlgan. 1921-yilda Oʻrta Osiyo davlat universiteti Sharq tadqiqotlari fakulteti tashkil etilgan. Keyinchalik ushbu fakultetdan mustaqil institut va bir nechta fakultetlar ajralib chiqqan. 1935-yilda Toshkent davlat pedagogika instituti tashkil etildi va eng avvalo Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti tuzildi. Ayni vaqtda Oʻrta Osiyo davlat universiteti ham faoliyat yuritgan. 1942-yili Oʻrta Osiyo davlat universitetida Tarix va filologiya fakulteti tashkil etilgan. Ushbu fakultet koʻplab mashhur olimlar, ijodkorlar uchun markaz hisoblangan. 1950-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti tarkibida Tarix va filologiya fakulteti tashkil etilgan. Ushbu fakultet institutning eng qadimiy va eng yirik fakulteti sanalgan. 1956-yil esa Oʻrta Osiyo davlat universiteti Toshkent davlat universiteti deb qayta nomlandi va Filologiya (oʻzbek, rus, roman-german tillari va jurnalistika) fakulteti tashkil etildi.  1998-yilda Toshkent davlat pedagogika institutiga universitet maqomi berildi va Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti qayta tashkil etildi.

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetning ilmiy faoliyati

Universitet huzurida 8 ta ixtisoslik boʻyicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi ilmiy kengashlar tuzilib, muvafaqqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Universitetda 2022-yilning oʻzida ilmiy salohiyat koʻrsatkichi 56.3% ga koʻtarildi. Kelgusi 5 yil ichida ilmiy-tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash orqali ilmiy salohiyat kamida 75 foizga yetkazilishi kutilmoqda (aniq amaliy choralar koʻrilmoqda).

Scopus va Web of Science kabi ilmiy bazalarda indekslanadigan ilmiy jurnallarda universitet professor-oʻqituvchilari muallifligida 2019-yilda jami 6 ta maqola, 2020-yilda esa 36 ta maqola va 2021-yilda 22 ta maqola chop etildi.

2019-yilda 26 ta, 2020-yilda esa 50 ta, 2021-yilning oʻtgan davri davomida 53 ta monografiya chop etildi.

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti fakultetlari:

  • Filologiya va tillarni oʻqitish (oʻzbek tili),
  • Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti,
  • Oʻzbek-ingliz tarjima fakulteti. 

    

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti yotoqxonasi:

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 670 o‘ringa mo‘ljallangan 2 ta TTJ mavjud. 

Talabalar turar joyida doimiy ravishda hayot juda ham qizg‘in. Xususan, ular uchun tashkil etilgan kutubxona 24 soat davomida faoliyat yuritadi. TTJda Wi-Fi hududining tashkil etilishi, qavatlararo tanlovlarning uyushtirilishi va turli xil festivallar o‘tkazilishi, albatta, oltin davrning unutilmas voqealari hisoblanadi. 

Ta'lim yo'nalishlari, qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari