Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kirish ballari 2022

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetihaqida umumiy ma'lumot:

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tarkibidagi Oʻzbekiston Respublikasi va Markaziy Osiyodagi eng yirik iqtisodiy universitetlardan biri.

Universitet tarkibiga 9 ta fakultet, kafedra, ilmiy-tadqiqot markazlari, respublika iqtisodiyot litseyi, iqtisodiyot gimnaziyasi kiradi. Universitet bitiruvchilari orasida Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov bor.

Iqtisodchi mutaxassislarga talab ortib borayotganligini hisobga olib, 1931-yil 13-avgustda Turkiston davlat universitetining Iqtisodiyot va Jamiyatshunoslik fakultetlari bazasida O‘rta Osiyo moliya-iqtisodiyot institutitashkil etildi, natijada O‘rta Osiyo respublikalarining moliya-kredit tizimlari uchun xodimlar tayyorlab beruvchi Toshkent Moliya-iqtisodiyot instituti vujudga keldi. 

Umumiy ma'lumotlar:

  • Xalqaro hamkor oliy taʼlim muassasalari soni – 115
  • Xalqaro hamkor oliy taʼlim muassasalari joylashgan davlatlar soni – 70
  • Ilmiy tadqiqotchilar – 335 nafar
    • Tayanch doktorantlar – 101 nafar
    • Doktorantlar – 4 nafar
    • Mustaqil izlanuvchilar – 230 nafar
  • Axborot-resurs markazi fondi – 601 194 ta, shundan elektron resurslar soni 7747 ta
  • Ishga joylashish koʻrsatkichi – 95 foiz
  • Markazda jami 7 shtat birligida xodimlar faoliyat yuritadi. Markazda „Umid“ jamgʻarmasi hisobidan xorijiy mamlakatlarning nufuzli OTMda tahsil olib kelgan hamda AQSHlarining Vebster universiteti bitiruvchilari Bosh mutaxassis (3 nafar) lavozimida mehnat faoliyatini olib boradi
  • Markaz Universitet imijini yana-da koʻtarish, uni xalqaro reyting talablariga moslashtirish maqsadida xalqaro eʼtirof etilgan Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities tashkilotlar bilan yaqindan aloqa oʻrnatgan. Universitetni kelajakda QS xalqaro reytingining birinchi 1000 ta oʻrindagi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga kiritish boʻyicha uslubiy ishlarni muvofiqlashtirib kelmoqda.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti fakultetlari:

  • Iqtisodiyot

    Iqtisodiyot fakulteti 1947-yilda tashkil etilgan. Fakultetni tashkil qilishda va uning taraqqiyotida taniqli olimlar va oliy maktab asoschilari B. Tursunov, M. M. Qoriev, M. H. Zaynutdinov, A. A. Azatyan va A. S. Danilovlarning xizmatlari katta.

    Fakultetda 5 ta kafedra faoliyat koʻrsatadi:

    • Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiya (akademik Aburahmonov Q. H.)
    • Tarmoqlar iqtisodiyoti (professor B. T. Salimov)
    • Makroiqtisodiyot (professor Ishmuhamedov A. E.)
    • Statistika (dotsent Ayubjonov A.H)
    • Falsafa (professor Soipnazarov I. S.)

    Fakultet qoʻyidagi yoʻnalishlarda bakalavrlar tayyorlaydi:

    • Iqtisodiyot (mehnat)
    • Iqtisodiyot (makroiqtisodiyot)
    • Iqtisodiyot (agroiqtisodiyot)
    • Iqtisodiyot (ekologiya)
    • Iqtisodiyot (sanoat)
    • Statistika

    Quyidagi yoʻnalishlarda esa, magistrlar yetishtiradi:

    • Iqtisodiyot (mehnat)
    • Iqtisodiyot (makroiqtisodiyot)
    • Iqtisodiyot (Hudud iqtisodiyoti)
    • Statistika
  • Moliya va buxgalteriya hisobi

  • Biznes Boshqaruv

  • Raqamli iqtisodiyot

  • Xalqaro turizm fakulteti

Ta'lim yo'nalishlari, qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

60610204

55
3
52
175.1
108.2

Bank ishi va auditi

60410500

75
6
69
181.7
128.1

Biznes-tahlil

60411500

50
5
45
140.1
75.8

Biznesni boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)

60411301

50
5
45
169.2
110.4

Budjet nazorati va g‘aznachiligi

60410700

25
5
20
176.5
123

Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)

60410104

75
6
69
180.4
131.5

Ekonometrika

60310200

50
5
45
152.3
98.6

Inson resurslarini boshqarish

60411400

55
7
48
165.6
113.4

Iqtisodiy xavfsizlik

60310400

28
3
25
175.3
112.2

Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

60310104

135
6
129
184.6
147.9

Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha)

60411900

50
3
47
185.9
159.4

Korporativ boshqaruv

60411600

50
5
45
171
93.6

Logistika (yo‘nalishlar bo‘yicha)

60411703

27
3
24
176.2
126.8

Marketing (reklama ishi)

60412504

25
5
20
168.9
117.5

Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

60412505

27
3
24
174.4
132.6

Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish

61010100

27
3
24
155.4
97

Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

60411212

50
3
47
179.7
126

Menejment: turizm biznesini boshqarish

60411203

25
5
20
170.9
120.9

Mintaqaviy iqtisodiyot

60310300

50
5
45
173.5
107.4

Moliya va moliyaviy texnologiyalar

60410400

50
3
47
182.6
129.7

Professional ta'lim: iqtisodiyot

60112404

50
10
40
162.7
115.6

Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

60310502

50
5
45
176.4
125.1

Savdo ishi (turlari bo‘yicha)

60412600

25
5
20
155.2
85.3

Soliqlar va soliqqa tortish

60410200

40
3
37
172.9
115.6

Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

60410800

75
5
70
168.2
112.2

Sug‘urta ishi

60410600

25
3
22
168
117.1

Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha )

61010401

40
5
35
179.4
149.2