Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kirish ballari 2021

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetihaqida umumiy ma'lumot:

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tarkibidagi Oʻzbekiston Respublikasi va Markaziy Osiyodagi eng yirik iqtisodiy universitetlardan biri.

Universitet tarkibiga 9 ta fakultet, kafedra, ilmiy-tadqiqot markazlari, respublika iqtisodiyot litseyi, iqtisodiyot gimnaziyasi kiradi. Universitet bitiruvchilari orasida Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov bor.

Iqtisodchi mutaxassislarga talab ortib borayotganligini hisobga olib, 1931-yil 13-avgustda Turkiston davlat universitetining Iqtisodiyot va Jamiyatshunoslik fakultetlari bazasida O‘rta Osiyo moliya-iqtisodiyot institutitashkil etildi, natijada O‘rta Osiyo respublikalarining moliya-kredit tizimlari uchun xodimlar tayyorlab beruvchi Toshkent Moliya-iqtisodiyot instituti vujudga keldi. 

Umumiy ma'lumotlar:

  • Xalqaro hamkor oliy taʼlim muassasalari soni – 115
  • Xalqaro hamkor oliy taʼlim muassasalari joylashgan davlatlar soni – 70
  • Ilmiy tadqiqotchilar – 335 nafar
    • Tayanch doktorantlar – 101 nafar
    • Doktorantlar – 4 nafar
    • Mustaqil izlanuvchilar – 230 nafar
  • Axborot-resurs markazi fondi – 601 194 ta, shundan elektron resurslar soni 7747 ta
  • Ishga joylashish koʻrsatkichi – 95 foiz
  • Markazda jami 7 shtat birligida xodimlar faoliyat yuritadi. Markazda „Umid“ jamgʻarmasi hisobidan xorijiy mamlakatlarning nufuzli OTMda tahsil olib kelgan hamda AQSHlarining Vebster universiteti bitiruvchilari Bosh mutaxassis (3 nafar) lavozimida mehnat faoliyatini olib boradi
  • Markaz Universitet imijini yana-da koʻtarish, uni xalqaro reyting talablariga moslashtirish maqsadida xalqaro eʼtirof etilgan Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities tashkilotlar bilan yaqindan aloqa oʻrnatgan. Universitetni kelajakda QS xalqaro reytingining birinchi 1000 ta oʻrindagi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga kiritish boʻyicha uslubiy ishlarni muvofiqlashtirib kelmoqda.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti fakultetlari:

  • Iqtisodiyot

    Iqtisodiyot fakulteti 1947-yilda tashkil etilgan. Fakultetni tashkil qilishda va uning taraqqiyotida taniqli olimlar va oliy maktab asoschilari B. Tursunov, M. M. Qoriev, M. H. Zaynutdinov, A. A. Azatyan va A. S. Danilovlarning xizmatlari katta.

    Fakultetda 5 ta kafedra faoliyat koʻrsatadi:

    • Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiya (akademik Aburahmonov Q. H.)
    • Tarmoqlar iqtisodiyoti (professor B. T. Salimov)
    • Makroiqtisodiyot (professor Ishmuhamedov A. E.)
    • Statistika (dotsent Ayubjonov A.H)
    • Falsafa (professor Soipnazarov I. S.)

    Fakultet qoʻyidagi yoʻnalishlarda bakalavrlar tayyorlaydi:

    • Iqtisodiyot (mehnat)
    • Iqtisodiyot (makroiqtisodiyot)
    • Iqtisodiyot (agroiqtisodiyot)
    • Iqtisodiyot (ekologiya)
    • Iqtisodiyot (sanoat)
    • Statistika

    Quyidagi yoʻnalishlarda esa, magistrlar yetishtiradi:

    • Iqtisodiyot (mehnat)
    • Iqtisodiyot (makroiqtisodiyot)
    • Iqtisodiyot (Hudud iqtisodiyoti)
    • Statistika
  • Moliya va buxgalteriya hisobi

  • Biznes Boshqaruv

  • Raqamli iqtisodiyot

  • Xalqaro turizm fakulteti

Ta'lim yo'nalishlari, qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

5330200 / Matematika / Fizika

16
1
15
155.4
80.85

Bank ishi va auditi

5230700 / Matematika / Chet tili

20
1
19
175.35
135.45

Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)

5230900 / Matematika / Chet tili

25
2
23
171.15
134.4

Ekonometrika

5232200 / Matematika / Chet tili

10
1
9
155.4
117.6

Inson resurslarini boshqarish

5231600 / Matematika / Chet tili

18
3
15
159.6
102.9

Iqtisodiy xavfsizlik

5232400 / Matematika / Chet tili

10
1
9
159.6
119.7

Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

5230100 / Matematika / Chet tili

25
2
23
177.45
144.9

Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha)

5231100 / Matematika / Chet tili

15
1
14
182.7
150.15

Korporativ boshqaruv

5231900 / Matematika / Chet tili

10
1
9
153.3
118.65

Logistika (yo‘nalishlar bo‘yicha)

5232500 / Matematika / Chet tili

15
2
13
163.8
131.25

Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

5230400 / Matematika / Chet tili

15
2
13
165.9
130.2

Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish

5610200 / Matematika / Chet tili

15
2
13
149.1
122.85

Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

5230200 / Matematika / Chet tili

15
1
14
169.05
133.35

Mintaqaviy iqtisodiyot

5232300 / Matematika / Chet tili

12
2
10
155.4
110.25

Moliya va moliyaviy texnologiyalar

5230600 / Matematika / Chet tili

22
1
21
172.2
130.2

Professional ta`lim: iqtisodiyot

5111016 / Matematika / Chet tili

5
1
4
145.95
127.05

Professional ta`lim: menejment

5111017 / Matematika / Chet tili

5
1
4
152.25
119.7

Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

5234100 / Matematika / Chet tili

10
1
9
156.45
129.15

Soliqlar va soliqqa tortish

5230800 / Matematika / Chet tili

14
1
13
158.55
126

Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha )

5610300 / Tarix / Chet tili

10
2
8
166.95
138.6