Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali kirish ballari 2022

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.05.2019 yildagi  438-son qarori bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filiali tashkil etildi.

Filialga faoliyatini tashkil qilishda va o‘quv-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda Germaniyaning Vayenshtefen-Triyezdorf universiteti (professor R.Shlauderer), Janubiy Koreyaning Kangvon milliy universiteti (professor K.R.Kim ), Buyuk Britaniyaning Vritl universiteti kolleji (dotsent X.Matyus) va boshqalar jalb qilindi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filialida Germaniyaning Vayshtefan-Trizdorf amaliy bilimlar universiteti bilan hamorlikda Iqtisodiyot (oziq ovqat tizimlarini boshqarish) yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma bakalavriat dasturi tashkil qilingan.

2019 yil aprel-may oylarida o‘quv rejalari va fan dasturlari ishlab chiqilgan. Qo‘shma dasturni amalga oshirish shartnomasi TDIU rektori va Vayshtefan-Trizdorf amaliy bilimlar universiteti prezidenti tomonidan 24.06.2019 da imzolangan.  Qo‘shma dastur 2+2 tizimida tashkil qilingan va dastur davomida talabalarning Germaniyaning oziq-ovqat sanoatining ilg‘or kompaniyalarida 1 semestr davomida stajirovka o‘tashlari hamda yuqori kurslarni Germaniyalik hamkor universitetda o‘qishlari belgilab qo‘yilgan.

Filialni joylashgan manzili: Samarqand shahri, Professorlar kuchasi, 51-uy (sobiq Moliya-iqtisod kolleji binosi).

Ta'lim yo'nalishlari, qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Agrobiznes va investitsion faoliyat

60412400

25
5
20
124.4
64.1

Bank ishi va auditi

60410500

50
5
45
160.1
94.7

Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)

60410104

50
5
45
160.6
100.8

Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

60310104

75
7
68
164
102.7

Iqtisodiyot: oziq-ovqat va resurslar iqtisodiyoti

60310106

50
5
45
130
76.8

Iqtisodiyot: qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti

60310105

50
5
45
104.5
57.1

Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

60310502

25
5
20
153.2
100.9

Soliqlar va soliqqa tortish

60410200

25
5
20
135.5
90.6

Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

60410800

25
5
20
147.1
101