Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Toshkent arxitektura-qurilish instituti kirish ballari 2022

Toshkent arxitektura-qurilish instituti haqida umumiy ma'lumot:

Toshkent arxitektura qurilish instituti O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimovning 1991-yil 6-maydagi farmoniga binoan Toshkent politexnika institutining "Arxitektura”, "Sanoat va fuqaro qurilishi” hamda "Muhandis qurilishi” fakultetlari negizida tashkil etilgan.

  Bugungi kunda institutda 'Arxitektura”, 'Bino va inshootlar qurilishi”, 'Muhandislik qurilish infrastrukturasi” va 'Qurilishni boshqarish” fakultetlari mavjud bo‘lib, ularda 'Dizayn”, 'Arxitektura”, 'Ko‘chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish”, 'Qiymat injiniringi”, 'Geodeziya, kartografiya va kadastr”, 'Bino va inshootlar qurilishi”, 'Muhandislik kommunikatsiyalari qurilish va montaji”, 'Gidrotexnika qurilishi” kabi 22 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 3958 nafarga yaqin bakalavrlar hamda 'Dizayn”, 'Geodeziya va kartografiya”, 'Bino va inshootlar arxitekturasi”, 'Arxitektura nazariyasi va tarixi, arxitektura yodgorliklarini tiklash”, 'Landshaftlar arxitekturasi”, 'Bino va inshootlar qurilishi”, 'Qurilishni tashkil etish texnologiyasi”, 'Qurilish iqtisodiyoti”, 'Gidrotexnika inshootlari”, 'Ko‘chmas mulkni baholash va boshqarish” kabi 23 ta mutaxassislik bo‘yicha 349 nafarga yaqin magistrlar tayyorlanmoqda.

TAQU MDH, Osiyo va Yevropaning 20 dan ortiq yetakchi institut va universitetlari bilan shartnomalar tuzgan.

Universitetda professor-oʻqituvchilar va talabalar uchun maydoni 1075,2 m2 boʻlgan axborot-resurs markazi internet tarmogʻiga ulangan zamonaviy kompyuterlar hamda 247 958 dona elektron kitob fondi mavjud. Universitetda sport bilan shugʻullanish uchun „Paxtakor“ sport majmuasi, hududlardan kelgan talabalar uchun yotoqxona, universitetning asosiy binosida oshxona hamda fakultetlarda bufetlar mavjud.

Toshkent arxitektura-qurilish instituti fakultetlari:

  • Muhadislik fakulteti
  • Texnalogiya fakulteti
  • Arxitektura fakulteti
  • Menejment fakulteti

Toshkent arxitektura-qurilish institutida xalqaro hamkorlik:

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti  xorijiy davlatlarning jami 95 ta nufuzli OTMlari ta’lim va ilmiy hamkorlik aloqalar o‘rnatgan hamda Germaniya, Frantsiya, Italiya, Koreya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Malayziya, Yaponiya, Rossiya Federatsiyasi, Belorussiya, Ozarbayjon, Turkmaniston, Tojikiston va Qozog‘iston kabi respublikalarning qator nufuzli oliy ta’lim va ilmiy muassasalari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

Universitetning iqtidorli talabalari har semestr davomida talabalar almashinuvi dasturi doirasida jahon reytingida yuqori o‘rinlarni egallagan universitetlarga tahsil olish maqsadida yuboriladi.

Universitetda qator xalqaro grantlar mavjud. Jumladan, Italiyaning Turin politexnika universiteti, Germaniyaning Vaymar-Bauxaus universiteti, Polshaning Belostok texnika universitetlari bilan hamkorlikda Erazmus+ dasturi loyihalari, Germaniyaning Potsdam amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlikda DAAD dasturi loyihalari amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda universitetda MDH davlatlari, Turkiya, Afg‘oniston fuqarolari arxitektura, qurilish, menedjment yo‘nalishlarida tahsil olmoqdalar.

Ta'lim yo'nalishlari, qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Arxitektura (turlari bo‘yicha)

60730102

50
10
40
143.8
91.9

Arxitektura yodgorliklari rekonstruktsiyasi va restavratsiyasi

60731100

35
4
31
139
73

Dizayn: arxitekturaviy muhit dizayni

60210410

35
4
31
169.3
146.3

Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

60710403

25
5
20
77.7
61.1

Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari bo‘yicha)

60722500

30
7
23
125.9
81.2

Gidrotexnika qurilishi (turlari bo‘yicha)

60730902

50
7
43
93.3
68.2

Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

60310104

35
4
31
166.8
97.9

Madaniy meros obyektlarini asrash

60212200

25
10
15
98.3
75.7

Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (qurilish)

60720603

35
4
31
83.4
60.7

Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

60411212

50
5
45
152.1
93.8

Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo‘yicha)

60711303

35
4
31
84.4
59.9

Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (turlari bo‘yicha)

60730402

35
4
31
113.2
68.2

Professional ta'lim: muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji

60112407

25
5
20
115.2
76

Professional ta'lim: qurilish muhandisligi (bino va inshootlar qurilishi)

60112416

25
5
20
131.7
89.4

Qiymat injiniringi va ko‘chmas mulk ekspertizasi

60731000

50
7
43
135.4
75.6

Qurilish muhandisligi: bino va inshootlar qurilishi

60730305

50
15
35
144.6
99.6

Qurilish muhandisligi: devorbop va pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi

60730302

35
4
31
108.3
65

Qurilish muhandisligi: neft-gazni qayta ishlash sanoati obyektlari qurilishi

60730304

35
7
28
125.7
76.7

Qurilish muhandisligi: qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish

60730303

50
15
35
107.1
68.1

Shahar qurilishi hamda kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish

60730200

50
15
35
117.6
79.7

Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini loyihalashtirish va ekspluatatsiyasi

60730500

35
4
31
91.6
63.1