Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filiali kirish ballari 2021

Samarqand davlat universitetining Kattaqoʻrgʻon filiali – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.05.2021 yildagi 307-sonli qarori asosida tashkil topgan. Filialda 2 ta fakultet, 5 ta kafedra, 16 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari mavjud boʻlib, 2 039 nafar (bakalavriat kunduzgi 1 778 nafar, sirtqi 261 nafar) talaba tahsil olmoqda (ilmiy salohiyat – 25.9 foiz) Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari oʻquv rejalari ishlab chiqilgan, 6 ta buyurtmachi tashkilotlar („Samarqand viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi“, „Samarqand viloyati moliya boshqarmasi“, „Tadbirkorlikni rivojlantirish angentligining Samarqand viloyati boʻyicha vakolatli ofisi“, „Markaziy bank Samarqand viloyati boshqarmasi“, „Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi“, „Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi Samarqand mintaqaviy filiali“) bilan kelishilgan.

SamDU Kattaqoʻrgʻon filialida 2 ta oʻquv binosi, 1 ta sport zal, 1 ta ARM mavjud, binolar xizmat koʻrsatish quvvati 2 000 oʻrin, 2 ta fakultet, 5 ta kafedralarda bakalavriat kunduzgi shaklida 16 ta taʼlim yoʻnalishida 1 778 nafar, sirtqida 2 ta taʼlim yoʻnalishida 261 nafar (jami 2 039 nafar) talabalar tahsil olmoqda.

Aloqalari

Filial Vyatka davlat universiteti hamda Ala-Too International University universitetlari bilan akademik hamkorlikni yoʻlga qoʻyilgan.

2023/2024 oʻquv yilida bakalavr yoʻnalishlari oʻquv rejalariga muvofiq, malakaviy amaliyotlari boʻyicha 41 ta hamkorlik shartnomalari tuzilgan (4 ta Iroda Aziza NIA MCHJ, Tashish Graviy MCHJ, Guzal Diyor Makoni MCHJ, Maroqand Gold Oil Ekstratsiya MCHJ va 1 ta Kattaqoʻrgʻon Prestige OK, 1 ta BOʻSM, 10 ta Maktabgacha taʼlim tasarrufidagi MTT (Kattaqoʻrgʻon shahar Maktabgacha taʼlim boʻlimi tasarrufidagi 1-DMTT, 2-DMTT, 5-DMTT, 6-DMTT, 8-DMTT, 9-DMTT, 12-DMTT, 19-DMTT, 22-DMTT, 25-DMTT), 16 ta umumiy oʻrta taʼlim maktab (Kattaqoʻrgʻon shahar 1-maktab, 2-maktab, 3-maktab, 4-maktab, 5-maktab, 6-maktab, 8-maktab, 11-maktab, 13-maktab, 14-maktab, 16-maktab, 17-maktab, 18-maktab, Kattaqoʻrgʻon tuman 20-maktab, 50-maktab, 51-maktab), 5 ta Kattaqoʻrgʻon shahar mahalla va nuroniylarni qoʻllab quvvatlash boʻlimi, Kattaqoʻrgʻon shahar Oila va xotin qizlar boʻlimi, Kattaqoʻrgʻon shahar Pensiya jamgʻarmasi, Kattaqoʻrgʻon shahar Xalq qabulxonasi, Kattaqoʻrgʻon shahar aholi bandligiga koʻmaklashish markazi, 4 ta Mikrokredit bank Kattaqoʻrgʻon filiali, Hamkorbank Kattaqoʻrgʻon filiali, Xalq banki Kattaqoʻrgʻon filiali, Agrobank Kattaqoʻrgʻon filiallari bilan kadrlar yetkazib berish boʻyicha memorandum imzolangan).

  • 1-2-3 kurs talabalari quyidagi sohalarda amaliyot oʻtagan:
  • Bank ishi va auditi, Iqtisodiyot (Tarmoqlar va sohalar boʻyicha), Buxgalteriya hisobi va audit (Tarmoqlar boʻyicha) yoʻnalishi Mikrokredit bank, Hamkorbank, Xalq banki, Agrobank tijorat banklarida amaliyotlarini olib bormoqda.
  • Biznesni boshqarish (tarmoqlar boʻyicha), Buxgalteriya hisobi va audit (Tarmoqlar boʻyicha), Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) yoʻnalishlari MCHJ va Oilaviy korxonalarida;
  • Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi Maktabgacha va maktab taʼlim boʻlimi tasarrufidagi MTTda;
  • Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili, Filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili, Matematika, Oʻzbek tili va adabiyoti, Matematika va informatika, Boshlangʻich taʼlim, Biologiya, Kimyo, Oʻzga tilli guruhida rus tili yoʻnalishi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida;
  • Ijtimoiy ish (faoliyatning turlari sohalar boʻyicha) yoʻnalishlari Mahalla va nuroniylarni qoʻllab quvvatlash boʻlimi, Oila va xotin-qizlar boʻlimi, Pensiya jamgʻarmasi, Xalq qabulxonasi, aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarida;
  • Sport faoliyati (kurash) yoʻnalishida BOʻSMda.

Oʻquv adabiyotlar

ARM fondi 2427 nomda 7643 nusxada, shundan oʻquv adabiyotlar 3997 nusxa 1231 nomda (darsliklar 1435 nusxada 1117 nomda, oʻquv qoʻllanmalar 2562 nusxada 114 nomda, ilmiy adabiyotlar 95 nusxada 69 nomda, badiiy adabiyotlar 1738 nusxada 851 nomda, xorijiy adabiyotlar 21 nusxada 21 nomda boshqa adabiyotlar 1792 nusxada 255 nomda). Elektron shakldagi adabiyotlar 2183 tani tashkil etadi. QR-kod tizimi orqali 1200 dan ortiq oʻquv adabiyotlarning QR-kodlari yaratilgan. 2 ta Infokiosk uskunasiga joylashtirilgan va talabalar gavjum boʻlgan joylarga oʻrnatilgan. Filial ARM uchun yaratilgan https://library-samdukf.uz/ (Wayback Machine saytida 2024-03-27 sanasida arxivlangan) sayti doimiy ishlab kelmoqda.

Professor-oʻqituvchilari

Filialda 59 nafar (ichki oʻrindosh – 22 nafar) professor-oʻqituvchilar faoliyat yuritmoqda (1 nafari fan doktori/DSc, 20 nafari fan nomzodi/PhD, ilmiy salohiyat 25.6%)

Ta'lim yo'nalishlari, qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

5330200 / Matematika / Fizika

50
25
25
94.5
79.8

Bank ishi va auditi

5230700 / Matematika / Chet tili

50
25
25
130.2
97.65

Biznesni boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)

5230300 / Matematika / Chet tili

50
25
25
114.45
82.95

Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)

5230900 / Matematika / Chet tili

50
25
25
133.35
94.5

Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili

5120101 / O‘zbek tili va adabiyoti / Chet tili

50
25
25
155.4
132.3

Ijtimoiy ish: oila va bolalar bilan ishlash

5520102 / Matematika / Chet tili

50
25
25
106.05
88.2

Maktabgacha ta’lim

5111800 / Biologiya / Ona tili va adabiyoti

50
25
25
112.35
90.3

Matematika

5130100 / Matematika / Fizika

50
25
25
121.8
91.35

Sport faoliyati: kurash

5610520

50
25
25
84.1
63.4

Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili

5111400 / Ona tili va adabiyoti / Chet tili

100
50
50
156.45
116.55