Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

O‘zbekiston milliy universiteti kirish ballari 2021

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti (O'zMU) haqida umumiy ma'lumot:

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi. 

Oliygoh Oʻzbekistondagi eng yirik oliy oʻquv yurti va ilmiy tekshirish markazlaridan biri bo'lib, Oʻrta Osiyo va Qozogʻistondagi birinchi universitet hisoblanadi. 1918-yil Turkiston xalq universiteti sifatida Toshkent shahrida tashkil etilgan. Turkiston xalq universiteti 1920-yildan Turkiston davlat universiteti, 1923-yildan Oʻrta Osiyo davlat universiteti (SAGU), 1960-yildan Toshkent davlat universiteti (Toshkent Davlat Universiteti) deb nomlangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 28-yanvardagi farmoniga muvofiq, universitetga Milliy universitet maqomi berildi va u hozirgi nomi bilan ataldi. 1995-yil Mirzo Ulugʻbek nomi berilgan.

Bugungi kunda Milliy universitetda 29 nafar akademik, 150 dan ortiq fan doktori va professorlar, 400 dan ziyod fan nomzodi, falsafa doktori va dotsentlar faoliyat ko`rsatmoqda, 200 dan ortiq yosh olimlar va 500 dan ziyod iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.

Ulkan ilmiy salohiyatga ega bolgan O`zMU respublikada tayanch oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi. Unda barcha universitetlar uchun Davlat ta`lim standartlari, o`quv rejalari va dasturlari tayyorlanib, talim jarayoniga tatbiq etilmoqda.

Nazariy bilimlarni amaliyot bilan chambarchas bog`lash uchun O`zMUning 3 ta dala-amaliyot maydoni, 32 ta oquv-ilmiy laboratoriyasi, 3 ta oquv-ilmiy-tajriba markazi, 1 ta OTMlararo ilmiy laboratoriyasi va 2 ta noyob obektning moddiy-texnik bazasi takomillashtirilmoqda . Shu bilan bir qatorda, talaba-yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, grant tanlovlari va loyihalarida ishtirok etish, boshqa oliy ta`lim va ilmiy - tadqiqot muassasalari uchun maqsadli ilmiy kadrlar tayyorlash ishlari izchil davom etmoqda.

O`zMU 32 ta rivojlangan davlatlarning 100 dan ortiq oliy talim va ilmiy muassasalari bilan hamkorlik qilmoqda. M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Seul Milliy universiteti, Kaliforniya davlat universiteti shular jumsidandir.

Axborot-resurs markazi zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan va internet tizimiga ulangan bo`lib, kutubxona fondi 4 millionga yaqin adabiyotga ega.

Milliy Universitetning fakultetlari va yo'nalishlari

Hozirgi kunda O`zMUda bakalavr ta`lim yo`nalishlari - 45 ta, magistratura mutaxassisliklari - 68 ta.

Fakultetlar ro'yxati: Tarix fakulteti, Kimyo fakulteti, Fizika fakulteti, Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakulteti, Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti, Iqtisodiyot fakulteti, Jurnalistika fakulteti, Xorijiy filologiya fakulteti, Matematika fakulteti, Biologiya fakulteti, Taekvondo va sport faoliyati fakulteti, Ijtimoiy fanlar fakulteti.

Oliygohning yo'nalishlari bo'yicha o'tgan yilgi va joriy yilgi kirish ballari hamda qabul kvotalari haqida quyida batafsil javob olishingiz mumkin.

Yotoqxona haqida:

Turli hududlardan kelgan talabalar Yoshlik talabalar shaharchasidagi zamonaviy turar joylarda yashaydi, intellektual saviya va jismoniy madaniyatini oshirish uchun barcha imkoniyatlarga ega.

Universitetga qarashli 10 ta talabalar turar joylari mavjud bo‘lib, ularda jami o‘rinlar soni 2021 yilga qadar 3600 tani tashkil etar edi. 2021 yilda universitet talabalar turar joylarini ikki yarusli krovatlar bilan ta’minlash orqali qo‘shimcha 1500 ta o‘rinlar yaratilib, yotoqxona sig‘imi 5130 taga yetkazildi.

Ta'lim yo'nalishlari, qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Agrokimyo va agrotuproqshunoslik

5410100 / Biologiya / Kimyo

20
-
20
-
71.4

Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

5330200 / Matematika / Fizika

20
-
20
-
78.75

Biologiya (turlari bo‘yicha)

5140100 / Biologiya / Kimyo

20
-
20
-
76.65

Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

5630100 / Kimyo / Biologiya

20
-
20
-
72.45

Falsafa (yo‘nalishlar bo‘yicha)

5120500 / Tarix / Ona tili va adabiyoti

20
-
20
-
58.8

Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari bo‘yicha)

5311500 / Matematika / Fizika

20
-
20
-
73.5

Geografiya

5140600 / Geografiya / Matematika

20
-
20
-
72.45

Geologiya (faoliyat sohasi bo‘yicha)

5140800 / Matematika / Fizika

20
-
20
-
70.35

Ijtimoiy ish: oila va bolalar bilan ishlash

5520102 / Matematika / Chet tili

20
-
20
-
82.95

Inson resurslarini boshqarish

5231600 / Matematika / Chet tili

20
-
20
-
100.8

Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

5230100 / Matematika / Chet tili

20
-
20
-
113.4

Matematika

5130100 / Matematika / Fizika

20
-
20
-
76.65

Psixologiya: amaliy psixologiya

5210203 / Biologiya / Ona tili va adabiyoti

25
-
25
-
88.2

Sotsiologiya

5210100 / Matematika / Ona tili va adabiyoti

20
-
20
-
80.85

Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)

5120300 / Tarix / Geografiya

20
-
20
-
61.95