Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti kirish ballari 2023

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti haqida qisqacha ma'lumot

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professional ta’lim sohasida faoliyat kо‘rsatuvchi, davlat akkreditatsiyasidan о‘tgan, bitiruvchilarga oliy ta’limning 2 bosqichi(bakalavriat va magistratura) bо‘yicha davlat namunasidagi diplom beradigan davlat tasarrufidagi oliy о‘quv yurtidir.

Institut О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yilning 4 iyundagi №1771 sonli qaroriga asosan Toshkent davlat madaniyat instituti va О‘zbekiston davlat san’at instituti negizida tashkil etilgan.

Institut madaniyat va san’at sohasiga bevosita aloqador bо‘lgan bir qancha tor mutaxassislik yо‘nalishlari bо‘yicha mutaxassislar tayyorlovchi о‘ziga xos oliy ma’lim muassasasi hisoblanadi. О‘quv yurtida ta’lim berish jarayonida fan va san’at, ijodiy faoliyat va amaliy texnologiyalar uyg‘unlashgan holda olib boriladi. Institutning 4 fakulteti va 21 kafedrasida talabalar ta’limning 26 ta yо‘nalishi va 19 mutaxassisligi bо‘yicha о‘zbek va rus tillarida tahsil oladilar. Institut aktyorlik mahorati va rejissura, san’atshunoslik va teatrshunoslik, ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati, xalq ijodiyoti, madaniyat va san’at muassasalarini boshqaruv, kutubxona-axborot faoliyati kabi soha mutaxassislarini tayyorlaydi.

Institut milliy reytingnda 2017-yilda 57 ta OTM ichida 54-о‘rinni, 2018-yilda 24-о‘rinni, 2019-yilda esa 32-о‘rinni 2020-yilda 45-о‘rinni 2021 yilda Milliy reyting tizimi bо‘yicha 63 ta Respublika oliy ta’lim muassasalari orasida 50-о‘rinni, 2022 yilda 98 ta oliy ta’lim muassasalarining orasida 46-о‘rinni egalladi. Shuningdek, Madaniyat va san’at oliy ta’lim muassasalari orasida 2-о‘rinni, Himoya yilida esa 1-о‘rinni egalladi, О‘zDSMI Farg‘ona mintaqaviy filiali 2022-yilda 2-о‘rinni, О‘zDSMI Nukus filiali esa 3-о‘rinni egalladi.

Zamonaviy axborot texnologiyalari ta’lim jarayonida faol qо‘llanmoqda, multimediyali texnika va dasturiy vositalaridan foydalanilmoqda. О‘quv jarayoni madaniyat muassasalari bilan hamkorlikda olib borilmoqda.

Institut hayotida badiiy-ijodiy faoliyat muhim о‘rin tutadi. Institutda tashkil etilgan talabalarning kо‘plab ijodiy jamoalari turli festival va tanlovlarda faol ishtirok etib kelmoqda.

Institutda nashr etilayotgan “О‘zDSMI xabarlari” ilmiy, amaliy jurnali va “Ijodiy parvoz” gazetasi sahifalarida professor-о‘qituvchilar va talabalarning maqolalari chop etilib borilmoqda.

Talaba va professor-о‘qituvchilar institutning boy axborot-resurs markazidan foydalanib kelmoqdalar. Unda 100 mingdan ziyod adabiyot mavjud. ARM fondida institut professional faoliyatiga doir bо‘lgan nodir va kamyob nashrlar ham mavjud. Institutda elektron ta’lim resurslarini yaratish bо‘yicha ham ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti yotoqxonasi haqida

Yangi binolarning qad kо‘tarishi va eski о‘quv binolarining ta’mirlanishi natijasida institut о‘ziga xos о‘quv shaharchasiga ega bо‘ldi. Shaharcha hududida ijodiy ustaxonalar, о‘quv teatri va axborot-resurs markazi qad ko’tardi. Bundan tashqari institut hududida о‘quv binosi, institut ma’muriyati binosi, sport majmuasi, yopiq suzish havzasi, ochiq sport maydonchalari, 2 ta 1 va 2-sonli Talabalar turar joylari joylashgan. 2022-2023-о‘quv yillarida yotoqxona bilan qamrab olinmagan institut talabalariga g‘amho‘rlik qilish va yotoqxonaga muhtoj yotoqxona bo‘gan talabalarni ko‘proq yotoqxona bilan qamrab olish chora-tadbirlari doirasida institut rektorining tashabbusi bilan 1 va 2-sonli Talabalar turar joylarida 1 o‘rinli krovatlarni 2 o‘rinli krovatlarga almashtirilishi hisobiga qo‘shimcha 200 tadan ortiq yotoq o‘rnlari yaratilishi hisobiga hozirgi kunda 768 ta talaba yotoqxona bilan ta’minlangan. Birinchi navbatda yotoqxonaga muhtoj mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, chin yetim, boquychisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar joylashtirilgan hamda boshqa talabalar ham yotqxona bilan ta’minlandilar.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti fakultetlari

  • Teatr san'ati fakulteti
  • Kino
  • televideniye va radio san'ati fakulteti
  • Xalq ijodiyoti fakulteti

Ta'lim yo'nalishlari, qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Aktyorlik san'ati: musiqali teatr aktyorligi

60211108 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon

25
-
25
-
84.1

Aktyorlik san'ati: qo‘g‘irchoq teatri aktyorligi

60211111 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon

25
-
25
-
101

Kino-teleoperatorlik

60210200 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon

25
-
25
-
98.7

Kutubxona-axborot faoliyati (kutubxonachilik va bibliografiya)

60320401 / Matematika / Ona tili va adabiyoti

130
-
130
-
71.3

Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish

60212000 / Tarix / Ona tili va adabiyoti

50
-
50
-
74.4

Menejment: madaniyat va san'at sohasi menejmenti

60411206 / Matematika / Chet tili

60
-
60
-
63.4

Rejissorlik: kino va televideniye rejissorligi

60211202 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon

15
-
15
-
86.5

Rejissorlik: qo‘g‘irchoq teatri rejissorligi

60211203 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon

5
-
5
-
94.3

San'atshunoslik: kino san'ati tanqidi va tahlili

60211001 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon

13
-
13
-
123.9

San'atshunoslik: sahna va ekran san'ati dramaturgiyasi

60211005 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon

12
-
12
-
110.6

Texnogen san'at: kino, televideniye va radio ovoz rejissorligi

60210101 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon

25
-
25
-
93

Xalq ijodiyoti: ashula va raqs

60211902 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon

25
-
25
-
114.1

Xalq ijodiyoti: folklor va etnografiya

60211904 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon

15
-
15
-
87.4