O‘zbekiston davlat konservatoriyasi haqida umumiy ma'lumot:
O’zbekiston davlat konservatoriyasi haqli ravishda Markaziy Osiyodagi eng qadimiy oliy musiqa ta’limi muassasasi hisoblanadi. 1936 yilda tashkil etilgan bo’lib, u ko’p yillar davomida ushbu mintaqadagi yagona musiqa oliy ta’lim muassasasi bo’lgan. Konservatoriya tarixi juda boy va mazmunli. Bu yerda ko’plab O’zbekiston musiqa madaniyatining taniqli namoyandalari, professional san’at va musiqa ilmining darg’alarining faoliyat yuritishi diqqatga sazovardir.
1939-yilga qadar Toshkent konservatoriyasi Oliy musiqa bilim yurtining sobiq binosini egallab, keyinchalik meʼmorlar V. Brilevich, N. Goloshanov va A. Sidorovlar loyihasi boʻyicha qurilgan balet maktabi binosiga koʻchib oʻtgan. U „Stalin imperiyasi“ uslubida yaratilgan. Oʻtgan asrning 90-yillarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning farmoyishi bilan Botir Zokirov koʻchasida milliy uslubda yangi bino qurilishi boshlangan. Eski binosi Hamza nomidagi musiqa kollejiga oʻtkazilgan va 2010-yilda buzib tashlangan
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi fakultet va kafedralari:
Oʻzbekiston Davlat Konservatoriyasi tarkibiga 3 fakultet 15 ta kafedra kiradi:
MUSIQA SAN’ATI FAKULTETI
Akademik xonandalik va opera tayyorlov kafedrasi
Akademik xor dirijorligi kafedrasi
Maxsus fortepiano kafedrasi
Musiqa nazariyasi kafedrasi
Musiqa tarix va tanqid kafedrasi
Konsertmeystrlik mahorati kafedrasi
Kamer musiqasi kafedrasi
Kompozitorlik va cholg’ulashtirish kafedrasi
CHOLG’U IJROCHILIK FAKULTETI
Torli cholg’ular kafedrasi
Puflama va zarbli cholg’ular kafedrasi
Xalq cholg’ularida ijrochilik kafedrasi
Orkestr dirijorligi kafedrasi
MUSIQIY PEDAGOGIKA FAKULTETI
Musiqiy pedagogika kafedrasi
O’zbek tili va ijtimoiy fanlar kafedrasi
Fakultetlararo fortepiano ijrochiligi
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi haqida umumiy ma'lumot:
O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 1-sonli talabalar turar joyida talabalar foydalanishi uchun jami 7 ta barcha shart-sharoitlarga ega oshxonalar mavjud. Oshxona va umumiy ovqatlanish joylarining tozaligi va sanitariya talablariga rioya etish maqsdadida Joriy yilning 24-26-aprel kunlarida tozalov ishlari olib borilganligi sababli vaqtincha 3 kun muddatga ushbu oshxonalardan foydalanishga cheklov o’rnatildi va tozalov ishlari yakunlanganidan so’ng barcha oshxonalardan talabalar foydalanishi uchun ochib berildi. Hozirgi kunda talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar ushbu oshxonalardan foydalanishmoqda