Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Nukus davlat pedagogika instituti Ellikqal'a fakulteti kirish ballari 2024

Nukus davlat pedagogika institutining Ellikqal’a  pedagogika fakulteti 2019 yil 24 iyul kuni Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 669-sonli buyrug’i bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi Ellikqal’a tumanidagi Bo’ston akademik litseyi bazasida tashkil qilindi. Fakultetning 720 o’quvchi quvvatiga ega o’quv binosi hamda 2ta binodan iborat bo’lgan 300 o’rinli talabalar turar joyi mavjud. Shuningdek o’quv binoda sport zal, gimnastika zal, 300 o’rinli oshxona, 1700 kitob (900 tasi o’quv qo’llanma, 615 tasi ijtimoiy-siyosiy, 65 tasi darslik va 120 tasi badiiy adabiyotlar) fondiga ega Kutubxona va uning 50 o’rinli o’quv zali hamda kompyuter xonasi, Chet tillarni o’qitishga mo’ljallangan so’nggi andozadagi kompyuter sinf xonasi, 300 o’ringa mo’ljallangan majlislar zali, 100 o’ringa mo’ljallangan ma’ruza zallari mavjud.

Ellikqal’a tumanida pedagogika fakultetining tashkil qilinishi Qoraqalpog’iston Respublikasining janubiy tumanlari hamda qo’shni Xorazm viloyatidan kelib ta’lim olayotgan talabalar uchun juda katta imkoniyat bo’ldi. 2019-2020 o’quv yili boshlanishi bilan institutning Ellikqal’a pedagogika fakultetida o’qish istagini bildirgan Matematika o’qitish metodikasi, O’zbek tili va adabiyoti, Jismoniy madaniyat, Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi, Ingliz tili va adabiyoti, Maktabgacha ta’lim mutaxassisliklarining 350 nafardan ortiq talabalari fakultetda o’qish jarayonini boshladilar. Ularga fakultetning Ijtimoiy gumanitar fanlar, Aniq va tabiiy fanlar kafedralarining professor o’qituvchilari ta’lim berishmoqda. Talabalarning o’quv mashg’ulotlari boshlanishi bilan birga prezidentimizning 5 ta muhim tashabbuslari doirasida mashg’ulotlardan tashqari vaqtlarda sport, fan to’garaklari, kompyuter savodxonligi to’garaklari tashkil qilindi. Shuningdek fakultet talabalarining Creativ – Quvnoqlar va zukkolar jamoasi hamda 2019 yil davomida bo’lib o’tgan tuman va fakultet miqyosidagi Davlat tili to’g’risidagi, O’qituvchilar va murabbiylar kuni, Davlat ramzlariga bag’ishlab o’tkazilgan bayram tadbirlarida faol ishtirok qilib kelayotgan fakultetning badiiy-ijodiy va teatrlashgan yosh talaba havaskorlari jamoalari o’z faoliyatlarini rivojlantirib bormoqdalar. Talabalar o’rtasida sportning voleybol, futbol, stol tennisi, yengil atletika, kurash, shaxmat turlari bo’yicha musobaqalar o’tkazilmoqda.

Fakultet tarkibidagi kafedralar:

  • Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi
  • Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi

Ta’lim yo’nalishlari:

  1.  Matematika o’qitish metodikasi
  2. Jismoniy madaniyat
  3. O’zbek tili va adabiyoti
  4. Ingliz tili va adabiyoti
  5. Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish
  6. Maktabgacha ta’lim

Ta'lim yo'nalishlari, qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Boshlangʻich taʼlim

60110400

-
-
-
129.1
103

Jismoniy madaniyat

60111200 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon

-
-
-
169.2
131.6

Maktabgacha taʼlim

60110200 / Biologiya / Ona tili va adabiyoti

-
-
-
106.5
76.2

Oʻzbek tili va adabiyoti

60110700 / Fizika / Matematika

-
-
-
140.1
103.9

Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi

60110500 / Ona tili va adabiyoti / Matematika

-
-
-
146.4
82.9

Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili

60110901

-
-
-
178.4
140.8