Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti haqida umumiy malumot:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 23-yanvardagi "O‘zbekiston Badiiy Akademiyasini tashkil etish haqida"gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 131-sonli Qaroriga asosan Mannon Uyg‘ur nomidagi Toshkent Davlat san’at institutining (hozirgi O‘zbekiston san’at va madaniyat instituti) Rassomlik fakulteti negizida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tashkil topdi. Institutga Sharq miniatyura maktabiga asos solgan buyuk musavvir Kamoliddin Behzod nomi berildi
Institutda bugungi kunda Rossiya, Tojikiston, Qozog’iston, Turkmaniston kabi davlatlar fuqarolari tahsil olmoqdalar. Dunyoning qator davlatlari (Koreya, Yaponiya, Singapur, Xitoy, Germaniya, Ozarbayjon, Latviya, Rossiya, Qozog’iston) oliygohlari bilan imzolangan memorandumlar asosida hamkorlik aloqalari olib borilmoqda. Xususan, professor-o’qituvchilar va talabalar almashinuvi amalga oshirilmoqda. Shuningdek, institutning qator professor-o’qituvchilari dunyoning ko’plab mamlakatlari oliygohlarida mahorat darslarini o’tib kelmoqdalar, malaka oshirmoqdalar, shaxsiy ko’rgazmalarini tashkil qilmoqdalar. Shu bilan bir qatorda ko’plab mamlakatlarning yuqori malakali mutaxassislari institutda mahorat darslarini o’tishi an’anaga aylangan
Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti fakultetlari:
Bugungi kunda sohalari bo‘yicha tayyorlanayotgan yuqori malakali mutaxassislar, grafika, rangtasvir, haykaltarosh, kulol, ta’mirlash bo‘yicha mutaxassislar, dizaynerlar, san’atshunoslar, muzeyshunoslar, art-menejer va kasbiy pedagoglar mamlakatimizdagi turli jabhalarda faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
Dizayn fakulteti
- Dizayn kafedrasi
- Libos dizayni kafedrasi
- Amaliy grafika kafedrasi
- Libos dizayni kafedrasi
San'atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti
- O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi
- Ijtimoiy fanlar vа jismoniy madaniyat kafedrasi
- Informatika va menejment kafedrasi
- Muzeyshunoslik kafedrasi
- San’at tarixi va nazariyasi kafedrasi
Tasviriy san'at fakulteti
- Dastgohli rangtasvir kafedrasi
- Mahobatli rangtasvir kafedrasi
- Miniatyura va xattotlik kafedrasi
- Grafika kafedrasi
- Haykaltaroshlik kafedrasi
- Teatr bezagi rangtasviri kafedrasi
Amaliy san'at fakulteti
- Chizmatasvir kafedrasi
- Baddiy kulolchilik va ta’mirlash kafedrasi
- Amaliy bezak san’ati kafedrasi
Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti yotoqxonasi:
Talabalar turar joyi ruhsatnomasi (order) bilan shu kungacha joylashgan talabalar — 402 nafar