Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Milliy estrada san'ati instituti kirish ballari 2022

Milliy estrada san'ati instituti haqida umumiy ma'lumot:

O‘zbekiston Respublikasi 16.10.2021-yildagi PQ-5261-son Prezidentining qarori bilan, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzurida Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti tashkil etildi.

  • Institut davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi va O‘zbekiston davlat konservatoriyasi tarkibida faoliyat yuritadi
  • Milliy estrada yo‘nalishi bo‘yicha malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlaydi.

Institutda o‘quv jarayoni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanib, ta’lim davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab Institutga qabul parametrlari belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat konservatoriyasidan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutiga o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari:

Milliy estrada san'ati instituti talim yo'nalishlari:

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari

  • Professional ta’lim: vokal san’ati (estrada xonandaligi)
  • Professional ta’lim: cholg‘u ijrochiligi (estrada cholg‘ulari)
  • Dirijyorlik: estrada orkestri dirijyorligi
  • Vokal san’ati: estrada xonandaligi
  • Cholg‘u ijrochiligi: estrada cholg‘ulari
  • Texnogen san’at: musiqiy ovoz rejissyorligi

Magistratura mutaxassisliklari

  • Vokal san’ati: estrada xonandaligi
  • Cholg‘u ijrochiligi: estrada cholg‘ulari

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutida 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab yangi ochiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura

I. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari

  • Bastakorlik san’ati
  • San’atshunoslik: musiqashunoslik

II. Magistratura mutaxassisliklari

  • Ovoz rejissyorligi: musiqiy ovoz rejissyorligi
  • Musiqa san’ati

Institut bitiruvchilariga oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan davlat namunasidagi diplom beriladi.

Ta'lim yo'nalishlari, qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Bastakorlik san'ati

60210900

2
1
1
155.7
-

Cholg‘u ijrochiligi: estrada cholg‘ulari (fortepiano)

60211503

2
1
1
181.8
172

Cholg‘u ijrochiligi: estrada cholg‘ulari (gitara bas)

60211512

2
1
1
163.6
160.7

Cholg‘u ijrochiligi: estrada cholg‘ulari (gitara)

60211525

2
1
1
97
93.5

Cholg‘u ijrochiligi: estrada cholg‘ulari (saksofon)

60211526

2
1
1
176.5
161.1

Cholg‘u ijrochiligi: estrada cholg‘ulari (trombon)

60211514

2
1
1
132.1
122.6

Cholg‘u ijrochiligi: estrada cholg‘ulari (truba)

60211501

2
1
1
154.3
131.3

Cholg‘u ijrochiligi: estrada cholg‘ulari (zarbli cholg‘ular)

60211523

2
1
1
146.8
146.5

Dirijyorlik: estrada orkestri dirijyorligi

60211302

1
-
1
-
147

Professional ta'lim: cholg‘u ijrochiligi (estrada cholg‘ulari)

60112402

9
3
6
149.1
121

Professional ta'lim: vokal san'ati (estrada xonandaligi)

60112421

7
1
6
170.3
121.1

San'atshunoslik: musiqashunoslik

60211002

5
1
4
142.3
64.8

Texnogen san'at: musiqiy ovoz rejissorligi

60210102

2
1
1
155.8
76.3

Vokal san'ati: estrada xonandaligi

60211403

14
4
10
151
119.4