Milliy estrada san'ati instituti haqida umumiy ma'lumot:
O‘zbekiston Respublikasi 16.10.2021-yildagi PQ-5261-son Prezidentining qarori bilan, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzurida Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti tashkil etildi.
- Institut davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi va O‘zbekiston davlat konservatoriyasi tarkibida faoliyat yuritadi
- Milliy estrada yo‘nalishi bo‘yicha malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlaydi.
Institutda o‘quv jarayoni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanib, ta’lim davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab Institutga qabul parametrlari belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat konservatoriyasidan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutiga o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari:
Milliy estrada san'ati instituti talim yo'nalishlari:
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari
- Professional ta’lim: vokal san’ati (estrada xonandaligi)
- Professional ta’lim: cholg‘u ijrochiligi (estrada cholg‘ulari)
- Dirijyorlik: estrada orkestri dirijyorligi
- Vokal san’ati: estrada xonandaligi
- Cholg‘u ijrochiligi: estrada cholg‘ulari
- Texnogen san’at: musiqiy ovoz rejissyorligi
Magistratura mutaxassisliklari
- Vokal san’ati: estrada xonandaligi
- Cholg‘u ijrochiligi: estrada cholg‘ulari
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutida 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab yangi ochiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura
I. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari
- Bastakorlik san’ati
- San’atshunoslik: musiqashunoslik
II. Magistratura mutaxassisliklari
- Ovoz rejissyorligi: musiqiy ovoz rejissyorligi
- Musiqa san’ati
Institut bitiruvchilariga oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan davlat namunasidagi diplom beriladi.