Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Farg‘ona politexnika instituti kirish ballari 2023

Farg‘ona politexnika instituti haqida umumiy ma'lumot:

Fargʻona politexnika instituti — xalq xoʻjaligi uchun malakali muhandislar, iqtisodchilar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. Toshkent politexnika instituti umumtexnika fakulteti negizida 1967-yilda tashkil qilingan. Institutda 7 ta fakultet mavjud: Qurilish, mexanika-mashinasozlik, energetika va Kompyuterlash texnologiyalari, Ishlab chiqarishda boshqaruv, Yengil sanoat, kimyotexnologiya, sirtqi va boshqa boʻlim hamda asbobsozlik markazi bor. Unda 33 ta kafedra, 15 ta ilmiy tadqiqotlar laboratoriyasi faoliyat koʻrsatadi. Institut qoshida instituternatlitseyi, „Yormozor“ akademik litseyi, Iqtisodiy mintaqaviy markazi, tayyorlov kurslari mavjud. Institutda 20 yoʻnalish boʻyicha bakalavrlar, 12 yoʻnalish boʻyicha magistrlar tayyorlanadi.Kutubxonasida 200 mingdan ortiq asar saqlanadi. Institut tashkil qilinganidan beri 30 mingdan ortiq mutaxassis tayyorlangan. Institutda 4 yoʻnalish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar ishlari olib boriladi. Institutda yaratilgan fan va texnika yangiliklari Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi, „Azot“ ishlab chiqarish birlashmasi, „Quvasoysement“ AJ, „Kvars“ AJ va boshqa korxonalarda tatbiq etilgan. Institut qoshida madaniyat saroyi, talabalar uyi, profilaktoriy, dam olish maskanlari, sport inshootlari bor

Farg‘ona politexnika instituti fakultet hamda kafedralari:

 Mexanika - mashinasozlik

  • Mashinasozlik texnologiyasi va avtomatlashtirish kafedrasi
  • Oliy matematika kafedrasi
  • Tadbiqiy mexanika
  • Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi
  • Yer usti transport tizimlari va ularni ekspluatatsiyasi kafedrasi

Energetika

  • Chizma geometriya va muhandislik grafikasi kafedrasi
  • Elektr energetika kafedrasi
  • Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari kafedrasi
  • Fizika kafedrasi

Kimyo texnologiya

  • “Kimyo va Kimyoviy texnologiya” kafedrasi
  • Oziq-ovqat texnolo¬giyasi kafedrasi
  • Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi

Qurilish

  • Bino va inshootlar qurilishi kafedras
  • Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji kafedras
  • Geodeziya, kartografiya va kadastr kafedras
  • Arxitektura kafedras
  • Qurilish materiallari buyumlari va konstruksiyalari ishlab chiqish kafedrasi

Ishlab chiqarishda boshqaruv

  • Iqtisodiyot kafedrasi
  • Menejment kafedrasi
  • Tillarni o'rgatish kafedrasi
  • Buxgalteriya hisobi va auditi

Yengil sanoat va to'qimachilik

  • Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi kafedrasi
  • Yengil sanoat buyumlari texnologiyasi kafedrasi
  • Tabiiy tolalar kafedrasi

Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari

  • Elektronika va asbobsozlik kafedrasi
  • Intellektual muhandislik tizimlari kafedrasi
  •  “Ijtimoiy fanlar va sport” kafedrasi
  •  Metrologiya standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti kafedrasi

Farg‘ona politexnika instituti yotoqxonasi:

Talabalar turar joyilari institut hududida bir kampusda joylashgan bo‘lib, talabalar sport seksiyalari, fan va badiiy havaskorlik to‘garaklari xonalari, kutubxona, qiroatxona, maishiy xizmat xonalari asosan o‘quv binosi ichida joylashgan inshootlardan foydalanidi. Jumladan: 1 ta 500o‘rinli madaniyat saroyi, 2 ta 18x36 hajmdagi yopiq sport zal, 2 ta basketbol maydoni, 2 ta voleybol maydoni, 2 ta mini futbol maydoni, 1 ta tennis korti, 4x400 metrli yugurish yo‘lakchasi, 6 ta nostandart gimnastika maydonchasi, 6 ta “Work out” jihozlari bilan ta’minlangan, bugungi kunda 10 ta sport seksiyalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, basketbol (erkak, ayol), voleybol (erkak va ayol), mini futbol, futbol, stol tennisi, shaxmat, shashka, kurash (milliy, belbog‘li, yunon-rum), badminton, tosh ko‘tarish sport seksiyalari faoliyat olib bormoqda. “Yoshlik ansambli” badiiy havaskorlik to‘garagi, 2 ta kutubxona ya’ni 1 ta axborot resurs markazi va 1 ta “Renessans xoll”da talabalar kutubxona xizmatidan foydalanadi

Ta'lim yo'nalishlari, qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

60610203 / Matematika / Fizika

50
-
50
-
68.5

Bank ishi va auditi

60410500 / Matematika / Chet tili

50
-
50
-
72.7

Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)

60410103 / Matematika / Chet tili

25
-
25
-
77

Energetika (tarmoqlar bo‘yicha)

60710500 / Matematika / Fizika

50
-
50
-
70.7

Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari bo‘yicha)

60722500 / Matematika / Fizika

50
-
50
-
68.2

Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

60310106 / Matematika / Chet tili

50
-
50
-
78

Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)

60710101 / Kimyo / Matematika

50
-
50
-
61.9

Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

60411204 / Matematika / Chet tili

50
-
50
-
68.6

Moliya va moliyaviy texnologiyalar

60410400 / Matematika / Chet tili

50
-
50
-
70.4

Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi

60721100 / Kimyo / Matematika

50
-
50
-
61.9

Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)

60720100 / Kimyo / Biologiya

50
-
50
-
68.2

Qurilish muhandisligi: bino va inshootlar qurilishi

60730303 / Matematika / Fizika

25
-
25
-
68.3

Qurilish muhandisligi: qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish

60730305 / Matematika / Fizika

50
-
50
-
67.2

Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

60310501 / Matematika / Chet tili

50
-
50
-
67.6

Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (xomashyo va jarayon turlari bo‘yicha)

60721300 / Fizika / Matematika

50
-
50
-
62.1

Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo‘yicha)

60720705 / Matematika / Fizika

50
-
50
-
65.4

Transport vositalari muhandisligi: avtomobil transporti

60712504 / Matematika / Fizika

50
-
50
-
67.6

Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)

60721201 / Matematika / Fizika

100
-
100
-
61.9

Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)

60721401 / Matematika / Fizika

50
-
50
-
65.2

Yo‘l harakatini tashkil etish

61040300 / Matematika / Fizika

50
-
50
-
65.3