Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti kirish ballari 2023

Institut tarixi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora – tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 6-apreldagi 187-son qarori asosida Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil 15-iyundagi buyrugʻi bilan tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Mahmudjonovich Rasulov Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti direktori lavozimiga tayinlandi.

Bu davrda institutda 3 ta fakultet (Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi, Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim hamda tillarni o’qitish metodikasi, Ijtimoiy fanlar, san’at va sportni o‘qitish metodikasi) 7 ta kafedra faoliyat olib bordi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi 2022-yil 21-iyundagi PQ–289-son qarori qabul qilindi. Qarorga ko'ra, Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Andijon davlat Pedagogika instituti tashkil etildi.

Bu davrda institutda 5 ta fakultet (Aniq va tabiiy fanlar, Maktabgacha ta’lim, Ijtimoiy-gumanitar fanlar va san’at, Jismoniy madaniyat, Pedagogika fakultetlari) 7 ta kafedra faoliyat olib bordi.

Hozirda institutda 7 ta fakultet 15 ta kafedra faoliyat yuritmoqda.​​​​

Ta'lim yo'nalishlari, qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Biologiya

60110900 / Biologiya / Kimyo

25
-
25
-
117.8

Boshlang‘ich ta’lim

60110500 / Ona tili va adabiyoti / Matematika

50
-
50
-
103.8

Kimyo

60110800 / Kimyo / Matematika

25
-
25
-
64.1

Maktabgacha ta’lim

60110200 / Biologiya / Ona tili va adabiyoti

50
-
50
-
77.5

Matematika va informatika

60110600 / Matematika / Fizika

50
-
50
-
84.1

O‘zbek tili va adabiyoti

60111400 / O‘zbek tili va adabiyoti / Chet tili

25
-
25
-
113.5

Pedagogika

60110100 / Tarix / Ona tili va adabiyoti

25
-
25
-
71.6

Tarix

60111100 / Tarix / Geografiya

25
-
25
-
101.8