Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Testga kechikmang, aks holda binoga kiritilmaysiz!

25-iyul 16:28
Testga kechikmang, aks holda binoga kiritilmaysiz!

Akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar va ularning ota-onalariga ESLATMA!

Ertadan akademik litseylarga kirish test sinovlari boshlanib, maxsus belgilangan hududlarda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladi.

🕒 Test sinovlarini oʻtkazilish vaqti:

  • 25-iyul kuni soat 15:00 da boshlanadi;
  • 6-iyul kuni 2- smenada o‘tkazilib: 1-smena soat 9:00 da; 2-smena soat 15:00 da boshlanadi.

Test sinovlariga kirish ruxsatnomasini my.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga o‘zining login va paroli bilan kirgan holda yuklab olish mumkin.

Oʻquvchilardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Qayd etish kerakki, hukumatning 320-son qaroriga muvofiq test kuni imtihon vaqtidan kechikkan, shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnomasi bo‘lmagan oʻquvchi sinov o‘tkaziladigan binoga kiritilmaydi.

Shuningdek, oʻquvchi ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana va vaqt qat’iy hisoblanib, unga boshqa sana va vaqtda testga kirish uchun ruxsat berilmaydi.

Test sinovlari o‘tkaziladigan binolar BU YERDA.

Siz ishlagan testlar qanday tekshiriladi?

Bilimlarni baholash agentligining zamonaviy texnologiyalari yordamida javoblar varaqalari tekshiriladi.

Bu texnika javoblarni tekshirish bilan birga abituriyent xato qilgan javoblar varaqasini alohida ajratadi.