Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

"Perevod" qabuli boshlanishiga 15 kun qoldi

01-iyul 08:27

"Perevod" qabuli boshlanishiga 15 kun qoldi

Xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lgan OTMlari, Respublikadagi xususiy va xorijiy OTM filiallaridan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish davlat komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi.

Oʻqishni koʻchirish uchun arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

ariza;reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma nusxasi;Akademik ma’lumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).

Imtihonlar test (alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yoʻnalishlari uchun mutaxassislik fanlaridan kasbiy-ijodiy) shaklida bo‘lib o‘tadi.

Maxsus sinov natijasi davlat komissiyasiga taqdim etiladi va fuqaro davlat komissiyasi qarori bilan ko‘rsatilgan o‘quv shakliga to‘lov-kontrakt asosida ko‘chiriladi.

OTMlarning magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini davlat OTMlariga ko‘chirilishiga ruxsat etilmaydi.