O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar!
Mandat natijalari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
SAVOL: Meni arizam ko‘rib chiqilmayapti, qachon javobi keladi?
JAVOB: Vazirlik tomonidan OTM ishchi guruhlariga adminlik to‘liq berilmagan, arizalar ko‘rib chiqish hali boshlanmagan.
SAVOL: Arizani notog‘ri yuboribman, qayta yuborish mumkinmi?
JAVOB: Arizangizda kamchilik bo‘lsa ishchi guruh rad etadi va shaxsiy kabinetingizda rad etish sababi ko‘rsatilgan bo‘ladi. Shunda tahrirlab qayta yuborishingiz mumkin.
SAVOL: Men boshqa yo‘nalish yoki OTMga ko‘chirmoqchi edim, endi nima qilsam bo‘ladi?
JAVOB: Sizda yo‘nalish yoki OTMni o‘zgartirish fikri paydo bo‘lib qolsa va arizangizda kamchilik bo‘lmasa ishchi guruh arizani qabul qiladi. Bunday hollarda siz o‘qishga topshirgan OTMga bog‘lanib arizani rad etishini so‘rashingiz kerak bo‘ladi.
SAVOL: Imtihon to‘lovini qayerga qilaman?
JAVOB: Ariza ishchi guruh tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng shaxsiy kabinetda invoys shakllanadi, ana o‘sha invoysga elektron to‘lov tizimlari yoki tijoriy banklar tomonidan to‘lovni amalga oshirish mumkin.
SAVOL: Mendagi reyting daftarchada QR kod yo‘q edi, arizam rad etiladimi?
JAVOB: Transkrip (reyting daftarcha)da pechat yoki QR kod bo‘lishi shart, aks holda hujjat haqiqiy deb topilmaydi va ariza rad etiladi.
SAVOL: Mendagi reyting daftarchada pechat ham QR kod ham yo‘q edi, endi nima qilay?
JAVOB: Bu holatda ariza rad etilishini kutish kerak, rad etilgandan so‘ng qayta ariza yuborish mumkin.