Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Nogironligi bo‘lgan abituriyentlarga yordam ko‘rsatilmoqda

19-iyul 12:49
Nogironligi bo‘lgan abituriyentlarga yordam ko‘rsatilmoqda

Davlat komissiyasining bayonida tayanch harakat a’zolarida va ko‘rishda nuqsoni bor nogiron bo‘lgan abituriyentlarga test sinovlarini topshirishda javoblar varaqasini bo‘yashda qulayliklar yaratilishi belgilangan.

2024-yil 18-iyul kuni 1-smenada Buxoro viloyati 3-bino (Yoshlik sport majmuasi basketbol sport zali)dagi test sinovlarida 45-46-guruhda nogironligi bo‘lgan abituriyentlar test sinovlari topshirdi. Ijtimoiy tarmoqlarda abituriyentga yordam ko‘rsatilyotganligi bo‘yicha video tarqaldi. 45-guruhda abituriyent X.Xaydarov ko‘zida nogironligi bo‘lganligi sababli javoblar varaqasini to‘ldirishda yordam so‘ragan. Ushbu abituriyentga javoblar varaqasini belgilashda guruh nazoratchisi tomonidan amaliy yordam berilgan.

Jarayon guruhdagi barcha abituriyentlarning roziligi bilan Bilimni baholash agentligi xodimlari va guruh nazoratchilari kuzatuvi ostida amalga oshirilgan.