Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

“Kreativ sanoat parklari” tashkil qilinadi

30-iyun 18:15
“Kreativ sanoat parklari” tashkil qilinadi

Har bir viloyatdagi bittadan Barkamol avlod markazida “Kreativ sanoat parklari” tashkil qilinadi. Ularga IT park rezidentlari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi.

“Kreativ sanoat parklari” oliygohlar va yirik ishlab chiqaruvchilarga biriktiriladi. Bu parklar yosh tadbirkorlar, ilm va biznes o‘rtasida muloqot maydonchasi bo‘ladi.

Jamg‘arma bu yerdagi yoshlarning startaplariga uch yilga 100 million so‘mgacha subsida beradi.

Ushbu yosh tadbirkorlarga faoliyatini kengaytirish va aylanma uchun keyinchalik 100 million so‘m imtiyozli kredit beriladi.

“Kreativ sanoat parklari”ni rivojlantirish uchun bu yilni o‘zida 10 million dollar yo‘naltiriladi.

Shuningdek, 2–4-oktabr kunlari Toshkent shahrida Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha To‘rtinchi butunjahon anjumani o‘tkaziladi.

Tadbir kuniga qadar kreativ industriyani rivojlantirish bo‘yicha qonun qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.