Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Toshkent davlat pedagogika universiteti kirish ballari 2024

Toshkent davlat pedagogika universiteti haqida umumiy ma'lumot:

 MDH mamlakatlari pedagogika Oliy ta'lim muassasalari orasida yetakchilardan biri sifatida haqli ravishda e'tirof qilingan Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti 1935 yil  14 sentabrda O'zbekiston Respublikasi xalq maorifi kommissarligining 13/64 sonli qaroriga binoan O'rta Osiyo universitetining pedagogika fakulteti zamirida tashkil topganligini ko'ramiz. Ushbu muassasa 1953 va 1998 yillar oralig'ida Toshkent Pedagogika Instituti deb ham nomlangan. 1947 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika instituti deb qayta nomlangan. 1998 yilda unga Universitet maqomi berilgan. Qariyb 90 yillik tarixi davomida universitetni tamomlagan 300 ming nafardan ortiq mutaxassislar bugun nafaqat O'zbekiston balki dunyoning turli mamlakatlarida ta'lim tizimini rivojlantirilishida jonbozlik ko'rsatmoqda deb ishonch bilan aytish mumkin.

Universitetda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining ikki muxbir aʼzosi, Qozog‘iston gumanitar Fanlar akademiyasining ikki aʼzosi, Rossiya taʼlim Akademiyasining muxbir aʼzosi, O‘zbekiston qishloq ho‘jaligi fanlari akademiyasining aʼzosi, 244 nafar fan nomzodi, dotsent, 46 nafar fan doktori, ko‘plab professorlar, malakali o‘qituvchilar talabalarga chuqur bilim berish bilan birga turli sohalar bo‘yicha ilmiy ishlar ustida ishlamoqdalar.

Universitet professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot ishlari natijalariga va hozirgi kun fan yangiliklariga bag‘ishlangan xalqaro hamda respublika ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalari o‘tkazilmoqda. Konferensiyalarning materiallari 1978 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan tahrir va nashr bo‘limi tomonidan chop etishga tayyorlanadi va “Pedagogik taʼlim” ilmiy, nazariy, metodik jurnali nashr qilinadi.

Toshkent davlat pedagogika universiteti fakultetlari:

  • Tarix fakulteti, 
  • Pedagogika fakulteti,
  • Kasb ta’limi fakulteti,
  • Chet tillari fakulteti, Tabiiy fanlar fakulteti,
  • Fizika-matematika fakulteti,
  • Chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti,
  • Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulteti

Toshkent davlat pedagogika universiteti yotoqxonasi:

 2023 yil fevral oyida universitetning Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasi 105-uy manzilida “Elegant invest” MCHJ tomonidan davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida 14 qavatli 1500 o‘rinli bino qurilishi boshlandi va qurilish ishlari joriy yilning may oyida tugatilib yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.

Ta'lim yo'nalishlari, qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Amaliy matematika

60540200 / Matematika / Fizika

-
-
-
133.3
111.4

Axborot tizimlari va texnologiyalari

60610100 / Matematika / Fizika

-
-
-
109.3
70.3

Biologiya

60510100

-
-
-
135.9
131.7

Boshlangʻich taʼlim

60110400

-
-
-
143.6
127.6

Chaqiriqqacha harbiy taʼlim

60111000 / Geografiya / Matematika

-
-
-
81.4
56.9

Fizika

60530500

-
-
-
84.8
67.6

Geografiya

60530200 / Kimyo / Matematika

-
-
-
96
72.1

Jismoniy madaniyat

60111200 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon

-
-
-
171.4
162.4

Kimyo

60530100

-
-
-
76.8
69.5

Maktabgacha taʼlim

60110200 / Biologiya / Ona tili va adabiyoti

-
-
-
106.5
92.3

Matematika

60540100 / Matematika / Fizika

-
-
-
129
108.8

Maxsus pedagogika: logopediya

60110301

-
-
-
133.2
122.6

Maxsus pedagogika: olegofrenopedagogika

60110302

-
-
-
106.3
80.6

Maxsus pedagogika: surdopedagogika

60110303

-
-
-
115.6
93.5

Maxsus pedagogika: surdotarjimonlik faoliyati

60110305

-
-
-
96.7
71.6

Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi

60111100 / Tarix / Geografiya

-
-
-
131.8
87.2

Musiqa taʼlimi

60110600 / Matematika / Fizika

-
-
-
140.3
111.5

Oʻzbek tili va adabiyoti

60110700 / Fizika / Matematika

-
-
-
137.3
121.5

Pedagogika

60110100 / Tarix / Ona tili va adabiyoti

-
-
-
104.2
80.6

Psixologiya

60310300 / Matematika / Chet tili

-
-
-
125.2
88.2

Tarix

60220300

-
-
-
150.6
106.8

Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi

60110500 / Ona tili va adabiyoti / Matematika

-
-
-
150.8
119.2

Texnologik taʼlim

60111300 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon

-
-
-
69.3
60.1

Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili

60110901

-
-
-
178.4
169.7

Xorijiy til va adabiyoti: nemis tili

60110902

-
-
-
97.4
81.9