Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi kirish ballari 2023

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi haqida umumiy ma'lumot:

Toshkent xoreografiya bilim yurti 1947 yilda O’z SSR Ministrlar sovetining 14 sentabrdagi №1480 qaroriga asosan Toshkent shahrida tashkil etilgan. Ushbu bilim yurtida xoreografiya san’atining mumtoz va milliy raqs turlari bo’yicha mutaxassislar tayyorlangan. Bilim yurtida Usta Olim Komilov va Tamaraxonum yetakchiligida o’zbek xoreografiya san’atining rivojiga juda katta hissa qo’shgan san’atkorlar ta’lim olganlar.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil  8 yanvardagi PF-1695 sonli “O’zekistonda milliy raqs va xoreografiya sa’natini rivojlantirish to’g’risida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 21 fevral’ № 101-sonli qaroriga binoan A.Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutining xoreografiya bo’limi va O’zbek xoreografiya bilim yurtlari negizida Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi tashkil etilib, xoreografiya sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlay boshladi.

O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, o’rta maxsus kasb-hunar ta’lim tuzilmasini va uni tashkil etish tizimini “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablariga muvofiq ravishda takomillashtirish, mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirilishini hamda Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 12 iyundagi 253-sonli va 2003 yil 29 oktyabrdagi 473-sonli qarorlarini hamda o’rta maxsus kasb hunar ta’limi markazining 2004 yil 27 yanvardagi 16-sonli buyrug’ini bajarilishini ta’minlash maqsadida xoreografiya bilim yurti xoreografiya kollejiga o’zgartirildi.

Sо‘ngi yillarda mamlakatimizda о‘zbek raqs san’ati sohasida keng kо‘lamdagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev tashabbuslari bilan 2020 yilda О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tashkil etildi. Akademiya tarkibiga Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati kiritildi, shuningdek, akademiya huzurida Buxoro, Qarshi, Namangan va Urganch shaharlarida ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatlari tashkil etildi.

Xoreografiya ta’limi sohasiga davlatimiz tomonidan qaratilayotgan e’tibor milliy raqs san’ati ustalarini, tajribali о‘qituvchi va murabbiylarni, yosh san’atkorlarni yangi О‘zbekiston san’ati rivojiga munosib qissa qо‘shishga chorlaydi.

О‘zbekistonda professional xoreografiya ta’limi 1933-yilda tashkil etilgan Respublika balet maktabidan boshlangan. Uning tashkilotchilari va birinchi о‘qituvchilari о‘zbek raqs san’atining mashxur namoyandalari Tamaraxonim, U.O.Komilov, M.Turg‘unboyeva, YE.K.Obuxova va V.N.Gubskayalar bо‘lishgan.

Bugungi kunda Oliy maktabda 1 ta fakultet, 3 ta kafedra faoliyat ko’rsatmoqda. 2 ta ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar va 2 ta mutaxassislik yuzasidan magistrlar tayyorlanmoqda.

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi yotoqxonasi(TTJ) haqida:

О`zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi (keyingi о`rinlarda matnda akademiya deb yuritiladi). О`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 fevraldaga “Raqs san`ati sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо`g`risida”gi PQ-4585-son qaroriga asosan davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanib, О`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimiga kiradigan davlat oliy ta`lim muassasasidir.

Bunga asosan yangi tashkil qilingan binoda talabalar turar joyi ham tashkil qilingan. Ushbu talabalar turar joyi 300 о`ringa mо`ljallangan. Hozirgi kunda viloyatlardan kelib tahsil oladigan talabalar istiqomat qiladilar.

 

Ta'lim yo'nalishlari, qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Professional ta'lim: xoreografiya

60112411 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon

12
5
7
155.2
96.5

San'atshunoslik: xoreografiya

60211002 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon

10
3
7
131.2
58.9

Xoreografiya (xoreografiya jamoalari rahbari)

60211603 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon

60
25
35
145.5
82